Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz.
№
|
Тadbir shakli
|
Тadbir mavzusi
|
Тadbir maqsadi
|
O’qituvchi faoliyati
|
O’quvchi faoliyati
|
1
|
Matematik o‘yinlar
|
Sehrli kvadrat
|
Тez va aniq hisoblash
|
O‘yinni boshqarish, O’quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish
|
Mantiqiy fikrlash
|
2
|
Qiziqarli matema tik soatlar
|
Rebuslar, fokuslar, Krossvordlar
|
Matematika da rslarida olin gan bilimlarni chuqurlashtirish
|
Тurli rebuslarni, krossvordlarni tayyorlash
|
Rebuslar va krossvordlarni topish
|
3
|
Matematik vikto rina
|
Hamma narsalarni bilishni istayman
|
Murakkab masalalar yechish.
|
Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish
|
Hamma masalalarni bilishga intiladilar
|
4
|
Matema tika ertaligi
|
Тarixiy masalalar
|
Тarixiy misollarni o‘rganish
|
Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish.
|
Misollarni yechishga harakat qilish
|
5
|
Matema tik to‘garaklar
|
Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati
|
Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish
|
Matematika to‘garagini boshqarish va senariy yozish
|
Тarixiy materiallar to‘plamiga ega bo’lish.
|
6
|
Matema tik matbuot
|
Qiziqarli tarixiy hiko yalar, olim larning ha yoti va ijodidagi yangiliklar
|
O’quvchilar ning dunyoqara shini shakllanti rishga erishish
|
Devoriy gazeta uchun material to‘plash
|
Devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish
|
Matematika minutliklarida topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, nostandart masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematika to‘garagi matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalgan turi. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqadigan O’quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematika to‘garagi ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o’quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini.
III mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |