O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti boshlang`ich ta`lim metodikasi



Download 1,12 Mb.
bet10/46
Sana14.05.2020
Hajmi1,12 Mb.
#51410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bog'liq
Termiz davlat universiteti

3. Boshlang‘ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish.

Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o’quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday me’yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.

O’qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o’quv qo‘llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko‘rsatmali qurollarni hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o‘rinda, qaysi mavzular bilan bog‘liq holda, tushunchani nimalarga bog‘lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollarning hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini va uning tipik xususiyatini qat’iy o‘rnatish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya’ni darsning alohida bo‘limlarining birlashashi, ularning organik birligi darsning qismlarini to‘ldiradi va o‘zaro bir-birini bog‘laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo‘lsa, masalan: uch xonali sonlarni yozma qo‘shish haqidagi mavzu bo‘lsa, o’qituvchi oldin o’quvchilarga yozma qo‘shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o‘tgan darsdan nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o‘zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo’qmi, yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun o’quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilishligini o‘ylab ko‘rishi kerak. Shundan keyin o’qituvchi qaysi o’quv materiali bilan darsning ayrim qismini to‘ldirish zarurligini, o’qitishning qaysi metod va usullarini qo‘llash, qanday ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va qo‘llash mumkinligini hisobga oladi.

Darsning har bir bo‘limini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. Тabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini yechadigan bo‘limga qaratilishi zarur.

Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o’quvchilarga beriladigan vazifani bajarish usularini ko‘rsatish, ya’ni misol va masalalarni yechib qo‘yish, sxematik yozuv va grafik ishlarini tayyorlab qo‘yish,

o’qituvchining o‘zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi, uning tizimi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi yoki matni yoziladi.

Darsning rejasida mavzu va didaktik maqsad, foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatiladi. Тartib bo‘yicha dars bo‘limlarining tarkibiy nomi va uning mazmuni, mumkin qadar taxminiy vaqt ko‘rsatiladi.

Dars matnida barcha detallar mumkin qadar to‘laroq yoritiladi. Suhbat olib borishga yordam beradigan savollarning hammasi ko‘rsatiladi,

o’quvchilardan kutadigan javoblar yoziladi.

Misol va masalalar yechish, shuningdek, boshqa ishlarni bajarishda ko‘rgazmalar yoziladi. Shunday qilib o’qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim.

1.O’quv dasturi va o’qituvchi rejasida darsning o‘rnini aniqlash.

2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.

3. Dars mazmunini aniqlash.

4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish.

5. Dars rejasini tuzish.

6. Dars matnini yozish.

7. Dars o‘tish metodlarini aniqlash.

8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash.

9. Darsda va uyda beriladigan misol masalalarni bajarish.

10. Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va h.k.



4. Matematika darsini o‘tkazish.

Matematika darsining reja yoki matni o’qituvchiga o’quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo‘nalishi va ketma-ketligi, misollar, algebraik ifoda namunalarini ko‘rsatib turadi.

O’qituvchi dars o‘tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi, ba’zan tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug‘iladi. Masalan, o’quvchilar o’qituvchining bayonini yomon tushungan bo‘lsalar, qo‘shimcha tushuntirish o‘tkazadi, o’quvchilar qiynalgan bo‘lsalar zaruriy yordam ko‘rsatadi. Bilimlarni mustahkamlash uchun bajarilgan mashqlar yetarli bo‘lsa, ba’zilarini qoldirish mumkin. Bilimlarni o’quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so‘rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko‘rish mumkin.

5. Matematika darsini tahlil qilish.

Boshlang‘ich sinflarda matematikadan darsni tahlil qilish va baholash birinchi navbatda uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun darsni qay darajada tuzilganligini va o‘tilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday bajarilganligini va asosiy didaktik tamoyillarini qanday qo‘llanganligini ko‘rsatish kerak. Dars tahlilida uning mazmuni, tizimini, vaqtning taqsimlanishi, ish bajarish usullari, qo‘llanilgan ko‘rgazma va boshqa didaktik vositalarni ko‘rsatish zarur. Darsning har bir tomoni o’quvchilar faoliyatini qanday yo‘naltirishini, undan qaysi o‘rinda faollik va mustaqillik buzilganini, hayajonlanish bo‘lganligini, boshqa tarbiyaviy tomonlar amalga oshirganligini e’tiborga olish kerak.

Dars tahlili quyidagi yo‘nalishda yoritilishi mumkin:

1. Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. Bunda mavzu bo‘yicha darslar tizimida tahlil qilingan darsning o‘rni va ahamiyati, boshqa darslar bilan bog‘liqligi, darsning mazmunini baholash va to‘g‘ri tushuntirilishi, uning tizimi, ishdagi metod va usullari ko‘rsatiladi.

2. Dars mazmunining tahlili.

Dars mazmunini tahlil qilishda hisoblash mashqlarini qanday qo‘llaganligi, matematik tushunchalarni arifmetik masalalar yechishga qaratilgan va boshqa mashqlarni bajarishga beriladigan metodik bahoda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

a) berilgan bilimlarning ilmiyligi va yetarlicha qat’iyligi,

b) o‘rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish jarayonida o’quvchilarning yetarlicha vazifa bilan taminlanganligi,

d) dars materialining ta’lim-tarbiyaviy maqsadga taalluqliligi,

e) o’quv materiali mazmuni darsning barcha qismlarini ta’minlash darajasi.

3.o’quvchilar faoliyatini ijodilikka yo‘naltirish.

Darsda nechtao’quvchi faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat ko‘rsatganligi, unga qanday yo‘l bilan erishish zarurligini aniqlash:

a) o’quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash, o’quvchilarning yoshi, ulardagi bilim, malaka va ko‘nikmalar darajasini hisobga olish;

b) o’quvchilarning individual va jamoa bo‘lib bajargan ishlarini hisobga olish;

d) o’qitishda differensial yondoshish;

e) yangi matematik tushuncha, yangi hisoblash qismlari, masalalar yechishning yangi usullari bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda o‘tilgan materialni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ishlar e’tiborga olinadi;

f) darsning har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi;

4.Darsda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va didaktik qo‘llanmalarning ahamiyatini ko‘rsatish;

5. Dars natijasini reytingi baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, dars o‘z maqsadiga erishganligi, har bir o’quvchiga to‘laligicha mustaqil ish bajartirilganligi, ular barchasi o’qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi. Darsni tahlili qilishda shu narsani e’tiborga olish zarurki, o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashning pedagogik jaryonlari bir maqsadga qaratilgan bo‘lsa, dars to‘g‘ri baholanadi.

Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba’zi masalalari nazariy xaraktyerda bo‘lsa, boshlang‘ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi. Masalan, VII sinfda, o’quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak tushunchasini o‘zlashtirishlari, ular endilikda to‘g‘ri to‘rtburchak ta’rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy keltirib chiqarishni va ba’zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta’rifi, alomatlari va xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang‘ich sinflarda o’quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o‘lchash yo‘li bilan aniqlaydilar va to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o‘lchash va hisoblashni o‘rganadilar.

O’quvchilarda boshlang‘ich maktabda shakllanadigan amaliy uquvlardan ko‘pchiligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar haqida bunday deyish mumkin emas. Masalan, son haqida III va IV sinflar o’quvchilari ega bo‘lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq quyi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og‘zaki bajarish uquvlaridan o‘rta sinflarda ham, yuqori sinflarda ham foydalaniladi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish