№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1.
|
Kirish.Tikuv va tikuv-trikotaj mashinalari haqida umumiy ma’lumot
|
Tikuv va tikuv-trikotaj ishlab chiqarish jihozlari fanini o‘rganishning ahamiyati. Tikuvchilik mashinasozligining rivojlanish tarixi. Tikuvchilik korxonalarining kelgusida ilg‘or texnika bilan ta’minlash rejalari
|
2
|
N
|
|
2.
|
Mashina ignalari va ular klassifikatsiyasi
|
Mashina ignalari va ularklassifikatsiyasi.
Mashina ignalarining tasnifi, tikiladigan mato va ipga binoan igna nomerlari. Ignani mashinaga o‘rnatish
|
4
|
N.A
|
1
|
3.
|
To‘g‘ri baxyaqatorli choklovchi mokili tikuv mashinalari
|
Mokili baxyaqatorlar xususiyatlari va baxyaqator hosil bo‘lish
prinsiplari.Tikuv mashinasining ish organlari va moki baxyaqatorning hosil bo‘lish prinsipi. Ustki ip tarangligini sozlash mexanizmi, ustki va ostki iplar tarangligini sozlash. CHok uzunligini rostlash. Mato turiga qarab igna va ipni tanlash.Mashinaga ustki va ostki iplarni taqishni mashq qilish, ip tarangligi va chok kengligini rostlash. Kiyim tikish jarayonida gazlama qalinligiga qarab mashinani rostlash, ip va ignani tanlash.
|
4
|
N.A
|
1
|
4
|
Moki baxyaqatorlar xususiyatlari va baxyaqator hosil bo‘lish prinsiplari
|
Moki baxyaqator hosil qiladigan tikuv mashinalari.Universal tikuv mashinalari. “Texstima” tikuv mashinalari ish o‘rnini tashkil qilish. Universal mashinalar igna mexanizmlari bilan tanishish.
|
4
|
N.A
|
1
|
5
|
Moki baxyaqator hosil qiladigan tikuv mashinalari
|
Materiallarni solqi qilib baxyaqator yuritadigan mashinalar: mashinalarining mo‘ljallanishi va boshqa tikuv mashinalaridan farqi. Tikuv mashinalarini ishlatish, rostlashlar va asosiy ish organlari
|
4
|
N.A
|
1
|
6
|
Tikuv mashinalarida ishlatiladigan moslamalar
|
Kichik moslamalar vositalarini ishlab chiqarish va ularning vazifalari: tuzilishi va bajaradigan ishiga qarab guruhlarga bo‘linishi. Kichik moslamalar vositalarining mehnat unumdorligini oshirishdagi roli.
|
4
|
N
|
1
|
7
|
Tikuv mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish
|
Mashinalarga ko‘rsatiladigan texnik xizmat turlari. Tikuv jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazish, jihozlarni sozlash va rostlash, mashinani tozalash va moylash, tikuv mashinalari nuqsonlarini aniqlash va sozlovchi ustaga habar berish.
|
4
|
N.A
|
1
|
8
|
Siniq baxyaqatorli tikuv mashinalari
|
Siniq baxyaqator hosil qiladigan tikuv mashina jihozlari. Jihozlar ish organlari, igna mexanizmining harakatlanishi va boshqa mashinalardan farqi. Kashta tikish mashinalari. Zamonaviy kashta tikish va siniq baxya hosil qiladigan mashinalar va ularning afzalliklari
Siniq baxyaqator hosil qiladigan mashinalarning tuzilishi. Mashinaga ip taqish, siniq baxyaqator hosil qilish va chok kattaligini rostlashni mashq qilish. Mashinani sozlash va moylash tartiblari.
|
2
|
N.A
|
1
|
9
|
Zanjirsimon baxyaqatorli tikuv mashinalari
|
Zanjirsimon baxyali mashinalar tasnifi: yashirin baxyali mashina, biriktirib tikish mashinalari, qirqimlarni yo‘rmash mashinalari, qirqimlarni bukib tikish mashinalari, chok qirqimini bostirib tikish mashinalari, qirqimlarni mag‘iz bilan ishlash mashinasi. Zanjirsimon baxyaqatorning mokki baxyaqatordan farqi va afzalliklari. Zamonaviy zanjirsimon baxyali mashinalar va ularning afzalliklari.
|
2
|
N.A
|
1
|
10
|
Maxsus yarim avtomat mashinalari
|
Puxtalama baxyali mashinalar, petlya yo‘rmash mashinalari, tugma chatish mashinalari va ularning mo‘ljallanishi. Petlya yo‘rmash va tugma qadash jarayonlari, mashinaga ip taqish, asosiy sozlash va moylash ishlari. Puxtalama baxya qator hosil qiluvchi mashina ish jarayonini o‘rganish.
|
2
|
N.A
|
1
|
11
|
Tikuvchilik mashinalarida hosil bo‘ladigan nuqsonlar va ularni sozlash
|
Tikuv mashinalarida hosil bo‘ladigan nuqsonlar: baxyaqator sifatining yomonligi, baxya tashlab tikilishi, ustki va ostki iplar uzilishi, igna siljishi, matoni yomon surilishi. Kamchiliklarni yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf qilish usullari.
|
2
|
N.A
|
1
|
12
|
Namlab issiqlik ishlovchi berish jihozlari
|
NII uskunalarining turlari: presslar, dazmollar, bug‘ – havo manekenlari. Pnevmatik va gidravlik presslarning tuzilishi va ishlashi, ularning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tavsifi. Press yostiqlarini qizdirish turlari. Elektr dazmollari turlari va ishlash prinsipi, tikuvchilik buyumlarini tayyorlashdagi ahamiyati
|
2
|
N.A
|
1
|
13
|
Tayyorlov, bichuv va sinov tayanch bo‘limi jihozlari
|
Tayyorlov bo‘limi jihozlari: gazlama nuqsonini aniqlash, enini va bo‘yini o‘lchash jihozlari. Kusoklarni qoldiqsiz hisoblash elektron dastgohlari va ularni ishlash prinsiplari.Bichish bo‘limi jihozlari: to‘shamani tayyorlash mashinasi, gazlama oxirini qirqish moslamasi, bichish mashinalari. Mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsipi.Sinov tayanch bo‘limi jihozlari: IL – 2, trafaret mashinasi TM va boshqalar, ularni ishlatilishi.
|
2
|
N
|
1
|
14
|
Tayanch bo‘limlarida ishlatiladigan jihozlar
|
Tikuvchilik tayanch bo‘limlarida yuk tashiydigan vositalar, xom ashyolar saqlanadigan va uzatib beriladigan jovonli aravachalar, pardozlash bo‘limida ishlatiladigan gorizontal, vertikal va osma konveerlar
|
2
|
N
|
1
|
|
|