O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi t oshkent moliya instituti “iqtisodiyot”kafedrasi


Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli



Download 131,73 Kb.
bet2/11
Sana24.04.2022
Hajmi131,73 Kb.
#579329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Masharipov,A Kurs Ishi

Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli.

Davlatning kredit tizimi ustidan ham maʼlum nazorat oʼrnatishi muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega boʼlgan va pul muomalasini tartibga soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari, davlat ixtiyorida bir qancha ixtisoslashgan banklar boʼlishi lozim. Oqibatda, ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orqali tartibga solish imkoniyati vujudga keladi.
Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida kredit pul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yoʼnalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilandi:

  • Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining boʼlimlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish;

  • barqaror pul muomalasini taʼminlash, kredit va nakd pul emissiyasi, jami pul massasining asossiz oʼsishini keskin cheklash;

  • Oʼzbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish1.

Ushbu ustuvor yoʼnalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida»gi qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi amalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki boʼlib, uning zimmasiga boshqa rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos boʼlgan vazifalar yuklatildi. Sobiq tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Аgrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida pulga boʼlgan talab va taklifni, xususan, pul massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valyuta siyosati kabi bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qoʼllanmoqda.
«Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʼgʼrisida»gi qonunda monetar siyosatning: ochiq bozordagi operatsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy bankning operatsiyalari boʼyicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning qayta moliyaviy taʼminlash kabi vositalari qayd etilgan. Davlatning pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga boʼlgan talab va taklifni tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. Oʼz navbatida, ushbu vositalar bevosita va bilvosita turlarga boʼlinadi. Bevosita vositalar – Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat boʼlgan maʼmuriy usullardir. Bilvosita vositalar esa – Markaziy bank va tijorat banklari oʼrtasida ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, yaʼni bozor orqali pulga boʼlgan talab va taklifni oʼzgartirish, muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning toʼlovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir.
Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi maʼmuriy usul va choralar kiradi. Ular bir qator kamchiliklarga ega boʼlib, bozor iqtisodiѐti sharoitlariga mos kelmaydi. Xususan, ular har bir bankka nisbatan qoʼllanuvchi yakka tartibdagi nazorat qilish chorasi boʼlib, moliya bozorida raqobatni boʼgʼib qoʼyadi, moliya sohasining rivojlanishini susaytiradi va banklarning moliyaviy vositachilik rolini pasaytiradi. Shuningdek, bir qator banklar ustidan nazoratning oʼrnatilishi natijasida alohida tarmoq va hududlarda kreditlashtirish samarasini pasaytiradi, katta miqdordagi moliyaviy mablagʼlarning nazorat qilib boʼlmaydigan sohaga, yaʼni xufiyona iqtisodiyotga yoki xorijga chiqib ketishiga olib keladi.
Bilvosita vositalarga - ochiq bozordagi operatsiyalar (davlatning va Markaziy bankning qimmatli qogʼozlarini birlamchi bozorlarda sotish), ikkilamchi bozordagi operatsiyalar (bevosita oldi-sotdi yoki REPO operatsiyalari), qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira talablari, valyuta siyosati, kredit auktsionlari, valyuta svoplari, veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi, lombard yoki overdraft mexanizmlari va boshqalar kiradi. Ular bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi va bevosita vositalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Markaziy bankka pulkredit siyosati samaradorligini oshirish, pul massasi, moliya bozorini samarali tartibga solish, davlatning kreditni taqsimlash va pul-kredit orqali boshqarish jarayonlariga aralashuvini kamaytirish, moliya bozorining rivojlanishi va kengayishiga, banklarning vositachilik rolini oshirish, kapital qoʼyilma va moliyaviy jamgʼarmalar hajmining koʼpayishiga qoʼshimcha qulayliklar yaratadi. Markaziy bank oʼzining va davlatning qimmatli qogʼozlarini, xorijiy valyutalarni erkin sotish va sotib olish, mablagʼlarni depozitlarga jalb qilish va qaytarish, majburiy zaxira talablari meʼyorini va qayta moliyalash stavkasini oʼzgartirish orqali banklarning moliyaviy holatiga taʼsir qiladi (1-jadval).
Markaziy bank yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi hajmini iqtisodiyot uchun zarur boʼlgan miqdorgacha kamaytiradi. Pul massasining kamayishi hisobiga inflyatsiya darajasi pasayadi va milliy valyuta kursining barqarorligi oshadi. Bu esa, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va aholining bank tizimiga boʼlgan ishonchining tobora oshishiga, mamlakatda jamgʼarmalar va iqtisodiy faollikning oʼsishi, iqtisodiѐtning barqaror rivojlanishi va makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishiga qulay shartsharoitlar yaratadi.


Download 131,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish