6.3. G‘ildiraklarga dolbyak yordamida tishlar qirqish
G‘ildiraklarga tishlar qirqishning yuqori unumli usullaridan biri tish o‘yish
usulidir. Bu usulda kesuvchi asbob sifatida dolbyak ishlatiladi. Dolbyak moduli
qirqiladigan g‘ildirak tishi moduli bilan bir xil bo’lgan tishli g‘ildirakdir. Dolbyak
qirqiladigan g‘ildirakdan shu bilan farq qiladiki, u g‘ildirak toretsiga kesuvchi
qirralar charxlanib, kesuvchi asbobga aylantirilgan. Dolbyaklar o‘z konstruksiyasi
jihatidan to‘g‘ri tishli dolbyaklar (6.7-rasm, a), kossimon (6.7-rasm, b),
vtulkasimon (6.7-rasm, v) va quyruqsimon (6.7-rasm, g). Sirtqi tishli shesternyalar
186
disksimon va kosasimon dolbyaklar bilan, tishlari ichki joylashgan shesternyalar
esa vtulkasimon va quyruqsimon dolbyaklar bilan qirqiladi.
6.7-rasm. Dolbyak turlari.
Dolbyaklarning oldingi burchagi γ=5° bo‘ladi. Tish uchidagi keyingi
burchak α=6°. Dolbyak tishining yon tomonlari evolventa bo‘yicha qilinadi va
ularning α
₁
burchagi 2° gacha bo‘ladi. Dolbyaklar tezkesar po‘latdan tayyorlanadi.
– shaklda dolbyak vositasida to‘g‘ri tishli silindrik shesternya qirqish sxemsi
tasvirlangan.
6.8-rasm.
G‘ildirakka tishlar qirqishda dolbyaklar ilgarilanma –qaytar harakat
uzatiladi, bu harakatlarning biri 1 ish yurishi va ikkinchisi 2 salt yurish bo‘ladi.
Ayni vaqtda dolbyak o‘zining vertikal o‘qi 3 atrofida aylanma harakatda ham
bo’ladi. Kesish jarayoni dolbyakning g‘ildirak 4 tishi chuqurligi qadar kesib kirishi
(radial surilish) dan boshlanadi. Shundan keyin obkatka harakati sodir bo‘ladi,
187
ya’ni dolbyak va qirqilayotgan g‘ildirak o‘z o‘qlari atrofida bir – biriga monand
ravishda 3 va 5 yo‘nalishlarda aylana boshlaydi, bunda uzatish nisbati
bo‘ladi (bunda
– dolbyak tishlarining soni,
– qirqilayotgan g‘ildirak tishlari
soni). Salt yurish davrida zagotovka dolbyakdan bir oz chetlashadi (b), ish yurish
boshlanishida esa dastlabki vaziyati 7 ga qaytadi. Tishlar qirqilayotgan
g‘ildirakning dolbyakdan bir oz qaytishi dolbyak kesuvchi tishlari ketingi
yuzalarining g‘ildirak tishlari botiqlig‘iga ishqalanishiga barham beradi. Moduli
m≤1,5 mm bo‘lgan tishli g‘ildiraklar dolbyakning bir o’tishida, moduli 1,5 mm dan
katta bo‘lgan tishli g‘ildiraklar esa ikki va undan ortiq o‘tishida qirqiladi.
Qiyshiq tishli g‘ildiraklar qirqish uchun vint chizig‘ining ko‘tarilish
burchagi xuddi tish qirqiladigan g‘ildirakniki kabi bo‘lgan qiyshiq tishli dolbyaklar
ishlatiladi; kesish jarayonida dolbyak maxsus andoza vositasida vint chizig‘i
bo‘ylab qo‘shimcha ravishda aylanadi, andoza stanok shtosselining yuqorgi
qismiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Po‘lat g‘ildiraklarga tishlar qirqishda moylash –
sovitish suyuqligi sifatida sulbfofrezol ishlatiladi.
Dolbyakning o‘tmaslanish mezoni tishlarning keyingi yuzalari va
burchaklaridan yoyilish qiymatidir. Yoyilish qiymati
tozalab qirqishda 0,2 –
0,4 mm dan ortmasligi kerak. Dolbyaklarning turg‘unlik davri 90 dan 400 min
gacha bo‘ladi.
Tish o‘yishda kesish rejimlari qo‘yidagi tartibda aniqlanadi. Doiraviy surish
– dolbyakning qo‘sh yurishida qirqilayotgan g‘ildirk shu g‘ildirakning
boshlang‘ich aylanasi bo‘ylab buriladigan yoy uzunligi. Xomaki qirqishda
mm/qo‘sh yur; tozalab qirqishda esa
mm/qo‘sh.yur bo‘ladi.
Dolbyak bilan tishlar qirqishda kesish tezligi quyidagi formuladan hisoblab
topiladi:
m/min, bunda
–ishlov beriladigan materialga
bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas koeffitsient; T – dolbyakning turg‘unlik davri, min
hisobida;
- doiraviy surish, mm/qo‘sh yur hisobida; m – modul, mm hisobida;
188
m,
,
– daraja ko‘rsatkichlari;
– ishlov berish sharoitiga qarab, kesish
tezligiga kiritiladigan tuzatish koeffitsienti,
, m,
,
va
larning qiymatlari
normativ jadvallaridan tanlab olinadi.
Dolbyakning minutiga qo‘sh yurish soni bunday topiladi:
bunda
– dolbyakning yurish uzunligi; bu uzunlik quyidagicha bo‘ladi:
mm, bunda b – qirqiladigan tishning eni;
– dolbyakning
kesib kirish uzunligi (bu uzunlik 3 – 5 mm bo‘ladi);
– dolbyakning o‘tib ketish
uzunligi (bu uzunli 2 – 3 mm ga teng).
Kesish jarayoni uchun zarur bo‘ladigan quvvat quyidagi formuladan
hisoblab topiladi:
kvt, bunda
– ishlov
beriladigan materialga bog‘liq o‘zgarmas koefitsient; Z – qirqiladigan shesternya
tishlarining soni;
– ishlov berish sharoitiga qarab, quvvatga kiritiladigan
tuzatish koeffitsienti.
Asosiy
texnologik
vaqt
quyidagi
formuladan
hisoblab
topiladi:
min, bunda m – qirqiladigan g‘ildirakning moduli, mm
hisobida; z – qirqiladigan g‘ildirak tishlari soni; n – minutiga qo‘sh yurishlar soni;
t – dolbyakning o‘tishlari soni;
– doiraviy surish, mm/qo‘sh yurish; t – kesish
chuqurligi, mm hisobida (to‘la tish bir o‘tishda qirqiladigan bo‘lsa, kesish
chuqurligi tishing balandligiga, tish bir necha o‘tishda qirqiladigan bo‘lsa, har
qaysi o‘tish uchun qoldirilgan quyim qiymatiga teng);
– dolbyakning bir
marta qo‘sh yurishda kesib kirishi vaqtida radial surilish (
mm/qo‘sh yurish).
Tish o‘yishda ishlov berilgan yuzaning g‘adir – budurligi Rz=5.3 ga, tishli
g‘ildirakning aniqligi esv 6 – 8 – darajaga muvofiq bo‘ladi.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |