Jilvirlash toshlarining shakli.
1.13–jadvalda jilvirlash toshlarining asosiy shakllari keltirilgan.
1.13-jadval.
Jilvirlash
toshining
shakli
Jilvirlash
toshining nomi
Jilvirlash
toshining
shaklining shartli
belgisi
Jilvirlash toshining
ishlatilish sohasi
1
2
3
4
To‘g‘rli profilli
yassi
PP
Sirtki va ichki
doiraviy jirvirlash.
Sirtki va ichki
markazsiz jirvirlash
(toshning cheti bilan
keskichlarni
charxlash)
Ikki yoklama
konussimoi
profilli yassi
2P
Shesternyalar
tishlarini jirvirlash
Konussimon
profilining
burchagi kichik
(ko‘pi bilan 30
0
)
bo‘lgan yassi
4P
Kesuvchi asboblarni
charxlash,
shesternyalar
tishlarini charxlash
Ikki yoqlama
o‘yiqli yassi
PVD
Doiravi va yassi
jirvirlash
Ikki yoqlama
konussimon
o‘yiqli yassi
PVDK
Ishlov beriladigan
detalning toretsini
kesish bilan doiraviy
jirvirlash
Silindrik
kosachalar
SK
Jirvirlash toshining
toretsi bilan yassi
jirvirlash
Konussimon
kosachalar
ChK
Kesuvchi asboblarni
charxlash va qayrash
68
Tarelkasimon
1T
Kesuvchi asboblarni
charxlash va qayrash
CHarx toshi
K
Kosilkalar (o‘rish
mashinalari)
pichoklarini
charxlash
Texnologik hujjatlar, har qanday mahsulotni tayyorlashning texnologik
jarayonini izohlaydi. 1 iyul 1973 yildan boshlab, texnologik hujjatlarning yagona
sistemasi (TXYaS), ya'ni (rus tilidagi (YeSTD) yedinaya sistema texnologicheskoy
dokumentatsiy) kiritilgan. Texnologik hujjatlarning yagona sistemasi-bu davlat
standartlarining (GOST.3 1001-71) majmuasi bo‘lib, hamma mashinasozlik
korhonalarida ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish tartibi va qoidalarni o‘rgatish,
rasmiylashtirishni, texnologik hujjatlarni komplektlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Bu sistema belgilashlarni standartlashtirishni, tashkilotlararo texnologik hujjatlar
bilan qayta rasmiylashtirmasdan o‘zaro almashish imkonini beradi. Bu hujjatlarda
korhonalarda hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish masalalari ham ko‘zda
tutilgan.
Texnologik jarayonning asosiy texnologik hujjatlariga quyidagilar kiradi:
marshrutli karta, texnologik dokumentlar spetsifikatsiyasi, uskunalar vedomostlari.
Marshrutli karta
(GOST 3. 1102-70) bo‘yicha tajriba partiyasiga yoki tajriba
namunasiga, o‘rnatiladigan seriyaga va o‘rnatilayotgan seriyali yoki ommaviy
ishlab chiqarishga ishlab chiqiladi. Texnologik dokumentlar spetsifikatsiyasi
(hujjatlarni boshqa korxonaga o‘tkazishda) o‘rnatilgan partiya yoki o‘rnatilayotgan
seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish uchun zaruriydir. Uskunalar vedomosti
(qaydnomasi) o‘rnatilgan seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish uchun zaruriy
hujjat bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotni tayyorlash sharoitiga qarab marshrutli
kartalardan tashqari (GOST 3.1404-71) ga asosan operatsiyalarni «o‘tish» larga
bo‘luvchi, kesish rejimlari va hisoblash normalarini ko‘rsatuvchi
operatsion
kartalar
ham tuziladi.
69
Texnologik hujjatlar, satrli, yaxlit satrli (instruksiyalar, yozuvlar va h.k.) va
grafik (marshrutli, operatsion va boshqa) bo‘laklarga bo‘linadi. Korxona xohishiga
qarab, marshrutli va operatsion kartalariga (GOST 3.1105-71) ga asosan eskiz
kartalari
va
sxemalari
tuziladi.
Kartalarda
mahsulotni
tayyorlashning
texnologiyasini grafik tasvirlari keltiriladi.
“Operatsiya” va “o‘tishlar” arab raqamida texnologik jarayonga mos
ravishda, ketma-ketlik bilan nomerlanadi. “Operatsiya” va “o‘tish” lar uchun eskiz
va sxemalar, mahsulotni nazorat qilish va sinash uchun (dopusklar, yuza g‘adir-
budirligi, bazalar, texnik talablar) yetarli bo‘lishi kerak.
Eskiz va sxemalarni to‘ldiruvchi, jadvallar, grafik materiallar tagiga
joylashtiriladi. GOST 3.1107-73 ga asosan texnologik hujjatlarda qo‘llaniladigan
tayanchlar, qisqichlar, bazalash belgilari va zagotovkalarni o‘rnatish sxemalari
uchun yagona, shartli grafik belgilashlar qabul qilingan.
Ishlov berish eskizlarida qisqichlarni shartli belgilashlardan tashqari, shartli
belgilashlarda ko‘rsatilmagan maxsuslashtirilgan belgilashlar ham ishlatiladi. 1.13-
jadvalda asboblarni ishlab chiqarishda tez-tez uchrab turadigan ayrim
operatsiyalarga ishlov berish eskizlari keltirilgan.
1.21-rasm yo‘nib ishlov berishdagi eskizlar tasviri: silindrik opravkaga o‘rnatib:
a) – konusga va markazga; b) – markazlarga; v) – oldingi babka konusiga va orqa
babka pinoli konusiga; g) – markazlarga zagotovkadagi ishlov berilgan yuzalar
(2-3) S qalinligida yaxlit chiziq bilan ko‘rsatiladi.
70
Bu yerda S – GOST2303-68 ga asosan yaxlit chiziq qalinligi. Mahsulot
konturi S qalinligidagi chiziq bilan o‘ralib, moslama va kesuvchi asbob
S/2qalinligidagi chiziq bilan o‘raladi.
Seriyali ishlab chiqarishda, ichki yuzalarga ishlov berishning tasviri
kesuvchi asbob bilan berilib, odatda ishlov berish tugallanayotgan payti
ko‘rsatiladi. Bunday paytlarda ishchi asbob S/2 qalinlikda chizib ko‘rsatiladi. Bu
esa ichki yuzani aniq farqlash imkoniyatini beradi. Kesuvchi asbobni shartli
ravishda tasvirlash ishlov berish usulini yaxshi namoyish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |