O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi surxondaryo viloyati jarqo’RG’on biznes va yengil sanoat texnikumi



Download 3,21 Mb.
bet113/153
Sana02.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#731299
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153
Bog'liq
2022.18.05

Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu aholining normal hayot kechirishini ta’minlash
uchun davlat tomonidan belgilangan kafolatlar tizimidir.
«O’zbekiston modeli»ga binoan ijtimoiy siyosat ta’sirchan, sharoitga tez moslashadigan,
ustuvor chora-tadbirlarni aniq belgilashni ko’zda tutadi. Dastlab aholini yoppasiga himoya


qilish amalga oshirilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholining tabaqalanishi
kuchaygan sari adresli yordam ko’rsatish asosiy o’ringa chiqdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy
yo’nalishlari quyidagicha:
— aholi daromadlarini tartibga solish, katta moddiy-ijtimoiy farqlarga yo’l qo’ymaslik;
— aholi ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
— ish bilan ta’minlanganlik muammosini hal etish;
— ekologik zararli ishlab chiqarishni tugatish;
— sog’liqni saqlash, madaniyat, ta’lim sohalarini moliyalashtirishni qayta tashkil etish.
Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun belgilangan chora-tadbirlar bizning aholi uchun
odat tusiga kirmagan xususiyatlardan kelib chiqadigan kishilardagi ruhiy taranglikni yo’qotishga
yordam berishi kerak. Bozorning rivojlanishi odamlarning ish bilan bandligi muammosini tubdan
o’zgartirib yuboradi. Borgan sari xususiy sektorning ahamiyati ortib boradi.
Ishsizlik muammosi — bozor iqtisodiyotining muqarrar yo’ldoshi. Shuning uchun
ishsizlik bo’yicha nafaqalar joriy etish, ish bilan bandlik xizmatini va ish bilan bandlik fondini
tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib boradi. Xozirgi paytda ish bilan bandlik fondiga
har bir firma, korxona ish haqi fondining ikki foizini ajratishi shart.
Aholini ijtimoiy himoya qilish quyidagi ijtimoiy yordam ko’rsatish turlari orqali amalga
oshiriladi. Bular — nafaqalar, turli imtiyozlar, uzluksiz bo’lmagan moddiy yordamlar berish va
hokazolar.

24-mavzu: Hisob yuritish siyoati
Kishilarning ehtiyoji ilmiy va hayotiy tushuncha bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amal qilib kelmoqda, chunki bu tushuncha kishilarning hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini bildiradi. Ehtiyojning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ko’rinishi va amal qilishi talabdir. Lekin talab ehtiyojdan farq qiladi va mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Uning farqi shundan iboratki, kishilarning ehtiyoji o’sib boraveradi, cheksizdir. U pul bilan ta‘minlansa va sotib olish kurbiga ega bo’lgan taqdirda talabga aylanadi.
Demak, aytish mumkinki, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj sotib olish uchun zarur bo’lgan pul bilan ta‘minlanmasa, u “xoxish”, “istak” bo’lib qolaveradi.
Bozordagi narxlarni o’zgarib turish darajasida iste‘molchilarning tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini va ma‘lum miqdorlarini sotib olishga layoqati bo’lgan ehtiyoj talab deyiladi.
Talablar turlicha bo’ladi. Bir xil tovar va xizmatga bo’lgan talabning ikki turi bor va ular bir-biridan farq qilinadi. Shu boisdan, yakka talab va bozor talabi bo’ladi.
Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning moddiy va nomoddiy ne‘matlarga bo’lgan talabi – bu yakka talab deyiladi. Bir qancha iste‘molchilarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Misol keltiramiz. Bir kg kartoshkani narxi 600 so’m bo’lsa, talab 5 kg bo’ladi (bir oy davomida). 500 so’m bo’lsa, 7 kg bo’ladi, 300 so’m bo’lsa, talab 10 kg chiqadi. Bozor talabi esa, 1 tonna, 2 tonna, 4 tonna va xaqozo bo’lishi mumkin.
Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.
Talab miqdori va hajmi faqat narxga bog’liq bo’lib qolmasdan, bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:
1. Iste‘molchilarning didi, ya‘ni tovarlar va xizmatlarni sotib olishga yoki olmaslikka moyilligi yoki moyil emasligidir.
2. Bozor iste‘molchilarning soni.
3. Iste‘molchilarning daromadlari
4. Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi
5. Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli.
Ana shu omillar o’zgarishi talab hajmining o’zgarishiga qanday ta‘sir ko’rsatishga harakat qilamiz:
1. Biron-bir tovarga iste‘molchining didida ijobiy o’zgarish ro’y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo’lgan talab ortadi va aksincha bo’ladi.
2. Bozorda iste‘molchilar soni ko’paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa talab qisqaradi.
Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kamaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan talabning o’sishiga olib keladi. Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni kamaytiradi.
3. Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Daromad yuqori bo’lsa, iste‘molchilar yuqori sifatli tovarlarni xarid qiladilar va aksincha. Masalan, non, kartoshka o’rnida go’sht, asal va sut maxsulotlari xarid qilinadi.
Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, iste‘molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik Engel qonuni deyiladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan tovarlar ko’proq xarid qilinadi, daromadlar pasaysa (kamaysa) xarid qilish ham pasayadi.
Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchi ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog’liq bo’lmasa, u xolda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi.


4. O’zaro bog’liq tovarlar narxi o’zgarishining talabga ta‘sirini o’rganishda ularning 2 guruhga ajratish maqsadida muvofiq bo’ladi:


1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o’rinbosar tovarlar;
2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar.
Masalan, sariyog’ narxining oshishi margaringa bo’lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar avtomobilning narxi oshsa benzindan bo’lgan talab qisqaradi va aksincha bo’ladi.
5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o’zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo’lishi yoki bo’lmasligi kabi omillar talab hajmining o’zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste‘molchi jooriy talabining oshishiga olib keladi va aksincha bo’lishi mumkin.

Bozor narxlarining amaldagi darajasida ma‘lum davr oralig’ida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan tovarlar va xizmatlarning belgilangan miqdorini bozorga chiqarilishi taklif deyiladi.


Bozor narxining o’zgarishi bilan taklif ham o’zgaradi. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini bildiradi. Masalan, 1 kg kartoshka 450 so’m bo’lsa, bir oy davomida uning yakka taklifi miqdori 60 kg bo’ladi, 1 kg 300 so’m bo’lsa, 50 kg taklif bo’ladi. Bir oy davomida uning bozor taklifi miqdori quyidagi bo’ladi: (tonna) 350 – 6,0; 300 – 5,0; 200 – 2,0 va 150 – 1,0 tn taklif qilinadi.
Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari boshqa bir qator omillar ham ta‘sir qiladi:
1. Resurslarning narxi;
2, Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliq va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlarning narxi;
5. Narx o’zgarishining kutilishi;
6. Bozordagi sotuvchilarning soni;
7, Xaridorlarning daromadlari.
Bu omillarni har birini tushuntirishga harakat qilamiz:
- resurslarga sarf qilinadigan xarajatlar bilan taklif o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs narxi pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Natijada taklif qilinadigan tovarlar va xizmatlar ko’payadi va aksincha bo’ladi. Masalan, mineral o’g’itlar narxini oshib borishi g’alla taklifini kamaytiradi.
- texnologiyalarni takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini oshiradi, taklifni ko’payadi.
- ko’pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
- boshqa tovarlar narxlarining o’zgarishi ham mazkur tovar taklifini o’zgartiradi. Masalan, qo’y go’shti narxining pasayishi mol go’shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go’shti narxining tushishi qo’y go’shti taklifini oshiradi.
- kelgusida mahsulot narxining o’zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
- tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko’p bo’ladi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi.
Taklif hajmining o’zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va tansport-tashish imkoniyatlari ham ta‘sir ko’rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo’lmaydigan qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o’zgaruvchan bo’ladi.
Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlar cheklangan bo’lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo’lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masaln, olimlar, shoirdar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san‘at asarlarining taklifi ham noo’zgaruvchan bo’ladi.

Talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma‘lum nisbatda bo’ladi va nisbatlar o’zgarib turadi. Ba‘zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tarilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi.


Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqish imkonini berdi, ular o’rtasidagi mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab narxga qandaydir darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, narxning bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.



Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish