“Eti sizniki, suyagi bizniki”
deb
topshirgan. Ustoz shogirdga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki u
shogirdiga keng ma’nodagi tarbiyani ham beradi. Ustoz shogirdning ham axloqiy,
ham kasbiy qiyofasini shakllantiradi.
“Ustoz otangdan ulug‘”
, degan maqolning
hikmati shunda. Qadimda shogirdlar ustozni benihoya hurmat qilganlar. Shu
munosabat bilan Forobiy o‘qituvchining ijtimoiy hayotda o‘rni va uning o‘ziga xos
xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari
surgan. Uning fikricha, o‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida
haqiqatgo‘y bo’lishni, yolg‘onni va yolg‘on aytganni yomon ko‘rishi, o‘zi fahm-
farosatli bo’lishi va or-nomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo’lishi,
ko‘zlangan maqsadga erishishda qatiylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak bo‘lmog’i lozim.
Forobiy
“Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida”
risolasida muallim shogirdiga nisbatan o‘ta hokimlikka ham, o‘ta bo‘shanglikka
ham yo‘l qo‘ymasligi kerak, chunki o‘ta hokimlik shogirdda
“muallimga nisbatan
nafrat uyg‘otsa, o‘ta bo‘shanglik esa shogirdning muallimga va uning o‘qitayotgan
faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi”.
10
deb ta’kidlaydi.
Bu fikrlari bilan u ustozlik ta’lim va tarbiyada nihoyatda kata ahamiyatga ega
ekanligini yana bir karra uqtiradi. Shunday qilib,
mutafakkir ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi adolatli jamiyat
talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat, el-yurt uchun xizmat qiladigan yetuk
insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. Forobiy pedagogik ta’limotining asosida
axloqiy go‘zal, mustaqil fikrlovchi, barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi.
Insonning kamolga yetishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro
aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan ta’lim va tarbiya
birligi hozirgi davrimizda ham yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Forobiy
“Aql ma’nolari to‘g‘risida”, “Baxt-saodatga erishuv
to ‘g ‘risida”
asarlarida yoshlarning bilimiga bo‘gan intilishlarini har tomonlarna
keng yoritishga harakat qiladi: “Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, uning
qandaydir bir holatini biladi, ongini o‘sha predmet shaklidagi bilimga yo‘naltiradi.
Bu o‘zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir”. Forobiyning bilish to‘g‘risidagi
nazariy asoslarini, xususan, mantiq fanida bilish jarayoni va bilish shakllarining
mohiyati birinchi marta ochib berildi. Bu jarayonlar mantiqda unga rioya qilish
tafakkurini takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo‘pol
xatolarning oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Forobiy fikrlash faoliyatini faollashtirishning didaktik tamoyillari va
metodlarini asoslab berdi. Unga o‘qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy bilimlar
uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik hukm metodlari va usullari;
induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar g‘oyasining
rivojlanishini ta’minlaydi. U shunday yozadi: “Fanlar tasnifi insonga zarur, foydali,
tugallangan, haqqoniy, kuchli hamda qaysi birlari u qadar zarur emas va kuchsizroq,
shuningdek, o‘rganish uchun nimadan boshlash, xususan, nimani o‘rganish, nima
yaroqli, qaysi biri yaroqsiz va qay darajada uni egallashga yordam beradi. Shunday
qilib, uning fanga bo‘lgan munosbati ko‘rlikka, nodonlikka emas, balki bilim
egallash va nodonlikka kurashga asoslanadi”.
11
Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik ta’limot o‘zida quyidagi asosiy
g’oyalarni ifodalaydi:
- ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlarni tarbiyalash uning
kamolotga erishishini kafolatlaydi;
- odob tarbiyalanuvchi qiyofasida namoyon bo‘luvchi axloqiy xislatlarning
eng asosiysi bo‘lib, insonda oliy janob
sifatlarni tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsda odob ko‘nikmalarini
shakllantirishda ularga inson xulqi va odobini muhim ma’naviy-axloqiy sifatlar
ekanligini hayotiy misollar yordamida yoritib berish muhim ahamiyatga ega;
- tarbiyalanuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof-muhit hamda tarbiyaviy
faoliyat mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan
pedagogik, didaktik tamoyillar, ta’lim-tarbiya shakllari va usullari quyidagilar:
- ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga egaligi;
- tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi;
- hayot bilan bog‘liqligi;
- tushunarli bo‘lishi;
- kuzatish va tajribalar;
- dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish usullari;
- induksiya va deduksiya usuli;
- mashqlarni bajarish, takrorlash va h.k.
Shunday qilib, Forobiyning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi teran
fikrlari, ibratli mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |