13.2-rasm.Ajratgichlarni boshqarish uchun dastakli dvigatel:
a) – PR-3 ruso‘mli bino ichida o‘rnatiladigan ajratgichlar uchun; b) – PRN – 10M ruso‘mli tashqarida o‘rnatiladigan 6 – 10 kV kuchlanishli ajratgichlar uchun.
Ajratgichlarni montaj qilishda avtomobil ko‘targichlar yoki boshqa ko‘tarish mexanizmlar yordamida ustunlar tepa qismiga mahkamlgan ramaga uchchalaqutbtayanch izolyatorlari bilan o‘rnatilib, og‘masdan bir o‘qda yotishi vertikal va gorizontal holatlari tekshirib rostlanadi.
10 kV kuchlanishlarga oraliq 3 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, 35 kV - 5 mm va 110 kV – 10 mm. Rostlash zarur bo‘lganda pichoq harakati o‘zatgich bo‘limlari uzunligini dvigatelga nisbatan o‘zgartirish kiritish bilan to‘g‘rilanadi. Kontaktlar zich kirishi kalibrovkalangan 0,05 mm qalinlikdagi sinov qalamcha (shup) bilan tekshiriladi.
Tok keltiruvchi shinalarni ajratkichlar kontaktlariga ulanadi, shinalashdagi siqilishi o‘zgarishi, harorat o‘zgarishidan sodir bo‘ladi, shu tufayli bekiluvchi kuch izolyatorlarga uzatiladi.
Tashqarida ishlatiladigan RLND-35 ruso‘mli ajratgichlar (3.3-rasm)qutblari alohida yig‘ilgan holda korxonadan keltiriladi.
Ajratgich qutblari po‘lat quvurlar bilan tortgichlarga ulanadi, boshqaruvchi qutbo‘qiga payvandlash usuli bilan quvo‘rni dvigatelga ulanadi.
13.3-rasm. RLND-35 ruso‘mli ajratgich umumiy ko‘rinishi: 1 – asosi; 2 – o‘q; 3 – podshipnik; 4 – erga zaminlagich pichoq; 5 – bo‘rinluvchi izolyator; 6 – egiluvchan aloqa; 7 – kontaktlari bilan yassi plastik kontaktli yarim pichoq; 8 – kontakt qobig‘i; 9 – yassi plastik kontaktsiz yarim pichoq; 10 – o‘q pishangi (richagi).
Har bir qutb kontakt bosimi quyidagicha tekshiriladi: o‘chirilgan ajratgich harakatsiz kontaktga pichoq bilan bir xil qalinlikka ega bo‘lgan mis shina kiritiladi, oraliqdan chiqishdagi tortilishi, kontakt kuchi dinamometr bilan o‘lchanadime’yorli toki In= 600A lilar uchun 160-180 N (16-18 kN) va me’yorli toki In= 1000A 180-200 N (18-20 kN). Erga zaminlagich pichoqlari bo‘lganida ularni rostlash kerak, qutbni erlash pichog‘i, dvigateldan eng o‘zoqda joylashgan, uharakatsiz kontaktiga ozgina ertaroq yaqinlashsin, cho‘nki o‘zatgichda doimo lyuftlar mavjud, shu sababli eng o‘zoqda joylashgan pichoq ulanmay qolishi mumkin.
Pichoqlarning bo‘rilish burchagi va chegaralovchi jihoz ta’siri tortgich uzunligini o‘zgartirish va chegaralovchi to‘siqni joyini o‘zgartirib rostlanadi.
Ajratgich to‘la ulanganida, pichoq bilan asosi orasida 5 - 6 mm oraliq qolishi kerak. Ajratgichlarning barcha qutblarining bir vaqtda ulanishi oraliq tortgichlar yoki qutblar tortgichlari uzunligini to‘g‘ri tanlash bilan ta’minlanadi. Ajratgichning harakatlanuvchi kontaktining harakatsiz kontaktga nisbatan to‘g‘ri va noto‘g‘ri joylashish holatlari (3.4-rasm) ko‘rsatilgan. Ajratgich kontaktlari siqilib chiqish kuchini o‘lchash(3.5-rasmda) ko‘rsatilgan. Ajratgich dvigatellarining qo‘l bilan ishlatiladigan dvigatel-3 (PRZ) dastasining ulagan va ajratilgan holati (3.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |