O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, surxondaryo viloyati kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi oltisoy tuma ni 2-sonli kasb-hunar maktabi


Amalyor rahbari: ________ Mardonov Ismoil



Download 4,34 Mb.
bet68/88
Sana20.03.2022
Hajmi4,34 Mb.
#502549
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 6.20 guruh

Amalyor rahbari: ________ Mardonov Ismoil.


17. Transformatorlarni ta'mirlash uchun ochish shartlari


Ta'mirlash davrida transformator izolatsiyasining namlanishi havoning tarkibidagi namning yutilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holat faol qismning harorati atrof-muhit havosining ha- roratiga nisbatan past bo‘lganda kuzatiladi. Iliq havo nisbatan sovuq aktiv qismga tekkanda uning sirtida namlik kondensatsiyalanadi va izolatsiya tomonidan shimiladi. Ta'mir davrida izolatsiya namla- nishining oldini olish va transformatorni quritishsiz ishga tushirish uchun faol qismni nisbiy namligi 75 % gacha bo‘lgan havoda 35 kV va undan past kuchlanishli transformatorlar uchun 24 soatgacha, ll0 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar uchun esa l6 soatgacha ushlab turishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, faol qismning harorati atrof-muhitning haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lishi shart. Agar ushbu shart bajarilmasa, transformator ochish qoldiriladi yoki faol qism atrof-muhit haroratidan yuqori haroratgacha qizdiriladi. Faol qismni atrof-muhitning harorati noldan past bo‘lgan holatda kuzatish zarurati yuzaga kelganda, transformator qopqoq tagidagi moyning harorati 20˚C dan yuqori bo‘lguncha qizdiriladi. Yomg‘irli ob-havo sharoitida ko‘rik havoning harorati tashqaridagi haroratga nisbatan kamida l0˚C ga ortiqcha tutib turiluvchi xonada amalga oshiriladi. Atrof-muhitning harorati 0˚C dan yuqori, nisbiy namlik 75 % gacha, ta'mirlash paytida faol qismning harorati atrof-muhit haroratiga nisbatan l0˚C gacha bo‘lganda faol qismning havoda turishiga ruxsat etilgan vaqt da- vomiyligi yuqorida ko‘rsatilganiga nisbatan ikki baravar oshirilishi mumkin. Agar faol qism havoda yanada uzoqroq vaqt davomida turib qolsa, u holda zarurligi izolatsion tavsiflarni o‘lchash natijalari bo‘yicha aniqlanuvchi izolatsiyani quritish amalga oshiriladi.


Transformatorlarni quritish Ta'mirdan so‘ng ishga tushiriluvchi transformatorlarni quritish ta'mirlash maydonchasida amalga oshiriladi. Quritish shundan iboratki, belgilangan sun'iy yaratilgan sharoitlarda namlik izola- tsiyaning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga va yuzasidan atrof- muhitga ko‘chadi. Namlikning material ichida ko‘chishi fizik qo- nunlarga muvofiq tarzda sodir bo‘lib, namligi katta bo‘lgan qat- lamdan namligi kichik bo‘lgan qatlamga, o‘ta qizdirilgan qatlamdan kam qizdirilgan qatlamga o‘tadi. Namlikning izolatsiya sirtidan atrof-muhitga ko‘chishi izolatsion material sirtida va at- rof-muhitda bug‘ bosimlarining farqi ta'sirida sodir bo‘ladi. 1hun- day qilib, quritish jarayonida materialning sirtida bug‘ning bo- simini qizdirish orqali oshirish va atrof fazoda bosimni vakuum hosil qilish yoki quritilayotgan muhitni quruq havo bilan venti- latsiyalash orqali kamaytirish lozim. Vakuum ostida quritilganda suv bug‘lari qurituvchi kamera yoki bakdan nasoslar yordamida chiqarib yuboriladi.
Ishlatishda faol qismni induksion quritish usuli keng tarqalgan bo‘lib, bunda quritish bak devorlaridan uyurma toklar ta'sirida ajraluvchi issiqlik hisobiga hosil bo‘luvchi vakuum ostida amalga oshiriladi. Uyurma toklar transformatorning bakiga o‘raluvchi maxsus magnitlovchi chulg‘am yordamida induksiyalanadi.
Quritish uchun faol qism mutlaqo bo‘sh bakka tushiriladi: faol qismning har xil joylariga termopara va termoqarshiliklar o‘rna- tiladi; bakning qopqog‘i va undagi barcha teshiklar yaxshilab zichlanadi; bakning devorlari asbopolotno yoki shishagazlama bi- lan qizdiriladi; tashqari tomonda issiqlik izolatsiyasining tagida termometrlar joylashtiriladi. Induksion chulg‘am bakka uning pastki qismida o‘ramlar umumiy sonining 60—65 %, qolgan o‘ramlari yuqori qismida joylashadigan qilib o‘raladi. Chulg‘am- ning bunday joylashuvi faol qismning bir tekisda qizishini ta'min- laydi. V—VII gabaritli transformatorlarni qizdirish uchun induksion chulg‘amni ta'minlash 560—l000 kVA quvvatli 380 V kuch- lanishli transformatordan amalga oshiriladi. Bakning tubi elektr pechlar yordamida qizdiriladi. Faol qismni l00—l05˚C harorat- gacha qizdirish vaqti uning o‘lchamlari, massasi va izolatsiyasi sinfiga bog‘liq bo‘lib, ll0 kV kuchlanishli transformatorlar uchun 30—40 soatni, 220—500 kV kuchlanishli transformatorlar uchun esa 60—80 soatni tashkil etadi. Transformatorni quritish sxemasi 8.l-rasmda tasvirlangan.




Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish