uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarning liniya zanjirlarida tokni (kuchlanish) o‘lchash, nazorat qilinuvchi punktda zaxira ta'minoti tizimining avtomatikasini ishlatib ko‘rish ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki tekshiruv natijalari, ishlatish jurnallaridagi yozuvlar va oldingi to‘liq tekshiruv dalolatnomalari qurilmalarning asosiy para- metrlarining turg‘unligi va tekshiruvni o‘tkazish paytida alohida e'tibor berilishi lozim bo‘lgan zaif joylarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi;
shkaflarning eshiklari va kabellarning kirish joylarida zich- lashtirishlarni tekshirgan holda apparaturalarni changdan tozalash;
apparaturaning mexanik konstruksiyalari sozligi va mon- tajini tekshirish;
relelarning kontaktlari, apparaturalarning qidirgichlari, ka- litlari va tugmachalarini tozalash;
rele va qidirgichlarni rostlash;
kalitlar, tugmachalar va aylanma simvollarning sozligini tekshirish;
montaj izolatsiyasini tekshirish. Dispetcherlik punktida bar- cha teleboshqaruv-telesignalizatsiya zanjirlari, nazorat qilinuvchi punktda esa qurilmaning manbayi bilan bog‘lanishda bo‘lgan barcha zanjirlar va obyektning tezkor zanjiri bilan bog‘langan telebosh- qaruv va telesignalizatsiyaning umumiy zanjirlari tekshiriladi;
teleboshqaruv-telesignalizatsiya qurilmalarining yarim- komplektlarining ishlashini alohida tekshirish;
butun telemexanika tizimi, ya'ni telemexanika qurilmasi- ning ishlashini aloqa kanali orqali tekshirish;
telemexanika tizimini ishga tushirish. Qisman tekshiruv hajmiga quyidagilar kiradi:
apparaturani tashqi tomondan ko‘rikdan o‘tkazish va qobiq- larini changdan tozalash;
rele va qidirgichlarning to‘g‘ri rostlanganligini tekshirish;
pulslantiruvchi va sekinlatuvchi relelarning ishlashini tekshirish;
kontaktsiz qurilmalarda sxemaning asosiy ish holatlarini tekshirish va zarurat bo‘lganda elementlarni almashtirish;
avariya holatlarida qurilmalarning ishga yaroqliligini aniq- lash: ta'minot uzilganda, aloqa kanali uzilganda, taqsimlagichlar sinxronizmdan chiqqanda;
qurilmaning himoya tugunlarini ishlatib ko‘rish. Buning uchun shikastlanishlarning barcha turlari imitatsiya qilinib, ularga himoya tugunlarining ta'siri tekshiriladi;
teleboshqaruv-telesignallashning umumiy chaqiruv va na- zorat signallarini tekshirish;
zaxira ta'minotining avtomatikasini tekshirish;
teleboshqaruv-telesignalizatsiyaning barcha amallarni ba- jarishi, teleboshqaruv va telesignalizatsiyaning barcha signallari uzatilishi va teleo‘lchovlarning chaqirilishini tekshirish.
Teleo‘lchov qurilmalarini ishlatishdagi tekshiruv ham qisman va to‘liq tekshiruvlarga (taftishlarga) bo‘linadi. Bundan tashqari, qurilmalarga qisman tekshiruvlar oralig‘idagi davr mobaynida xiz- mat ko‘rsatish ishlari ham ko‘zda tutiladi.
Teleo‘lchov qurilmalarining to‘liq tekshiruvi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
dispetcherlik punktidagi asboblarning ko‘rsatishini nazorat qilinuvchi punktdagi asboblarning ko‘rsatishi bilan solishtirish;
teleo‘lchov qurilmasidan manbani olish, qoplamalar va qurilmaning ichki montajini changdan tozalash hamda apparatu- raning mexanik sozligini tekshirish;
montaj izolatsiyasini tekshirish;
teleo‘lchanuvchi miqdorlarning datchiklarini tekshirish;
teleo‘lchovlarning uzatuvchi va qabul qiluvchi yarimkom- plektlarini alohida tekshirish;
teleo‘lchovlarning uzatuvchi va qabul qiluvchi yarimkom- plektlarini birgalikda tekshirish;
teleo‘lchov qurilmalarini ishga tushirish.
Teleo‘lchov qurilmalarini qisman tekshirishning asosiy maqsadi ko‘rsatishlarning xatoliklarini aniqlash va zarurat bo‘lgan hollarda xatoliklarni qurilmalarning aniqlik sinfiga moslash hisoblanadi.
Qisman tekshiruv hajmiga quyidagi ishlar kiradi:
tashqi ko‘rikni o‘tkazish va asboblarni changdan tozalash;
qabul qiluvchi asbobni «mexanik nol»ga qo‘yilganligini tekshirish;
qabul qiluvchi qurilmaning kirishida kuchlanishni o‘lchash va signal egri chizig‘ining shaklini kuzatish;
qabul qiluvchi asbob shkalasining to‘rt-beshta nuqtasida ko‘rsatishning oshgan va kamaygan holatlarida teleo‘lchovning xatoligini aniqlash.
Ko‘rsatishlari boshqa obyektlarga retranslatsiyalanuvchi yoki hisoblash vositasiga kiritiluvchi teleo‘lchovlar uzilganda noto‘g‘ri ko‘rsatishlarni bartaraf etishning mos choralari ko‘riladi.
Teleo‘lchov qurilmalarining to‘la va qisman tekshiruvi profi- laktik ishlarning grafiklariga muvofiq tarzda ishlarni bajarish uchun buyurtmani dispetcher orqali rasmiylashtirib, amalga oshiriladi.
Tekshiruvlarni o‘tkazish uchun ish joylari ishlatuvchi perso- nal tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tarzda tayyorlanadi.
Teleo‘lchov qurilmalarining uzatuvchi va qabul qiluvchi yarim- komplektlarini alohida tekshirishda asosiy xarakteristikalar oli- nadi va qurilmaning alohida tugunlarining ish holatlari o‘lchanadi. Teleo‘lchov qurilmalarini tekshirishda foydalaniluvchi o‘lchov asboblari talab etiluvchi o‘lchash aniqligini ta'minlash uchun aniqlik sinfi, kirish qarshiligi va boshqa parametrlari bo‘yicha tekshirilayotgan teleo‘lchov qurilmasiga mos kelishi shartligini e'tiborga olish lozim. O‘lchov apparaturasining ulanishi quril- maning ish holatiga ta'mir etmasligi shart; o‘zgartirish xarak- teristikalarini o‘lchash («kirish-chiqish» bog‘lanishi) aniqlik sinfi 0,5 dan past bo‘lmagan asboblar yordamida amalga oshirilishi shart. O‘lchovlar dalolatnomasida ish jarayonida qo‘llaniluvchi
o‘lchov asboblarining tiplari va raqamlari ko‘rsatiladi.
Teleo‘lchovning chastota yoki chastota-impulsli tizimlarini rostlashda uzatuvchi va qabul qiluvchi yarimkomplektlarning chastota xarakteristikalari olinadi. Uzatuvchi yarimkomplektda chiquvchi signal chastotasining kirishdagi kuchlanishga (tokka), qabul qiluvchi yarimkomplektda esa kuchaytiruvchi cheklovchidan keyingi kuchlanishning kiruvchi signal chastotasiga va teleo‘lchovning chiqishidagi asbobning ko‘rsatishini qabul qiluvchi yarimkomplektning kirishidagi signal chastotasiga bog‘lanishi olinadi.
Nazorat savollari?
Elektr tizimlari, stansiyalari, tarmoqlari va sanoat korxonalarining elektr ta'minoti tizimlarida avtomatika va telemexanika qurilmalari qanday vazifalarni bajaradi?
Avtomatik qayta ulagichlar qanday vazifani bajaradi? Ular qanday jihoz va qurilmalarda ko‘zda tutiladi?
AQU qurilmalari qanday holatlarda ta'sir etmaydigan qilib yasaladi va nima sababdan?
AQUning turlari va ularning xarakterli xususiyatlari.
Bir va uch fazali AQUlar. Ularning qo‘llanilish sohalari.
Zaxirani avtomatik kiritish qurilmasi qanday vazifalarni bajaradi? Ular qanday jihoz va qurilmalarda ko‘zda tutiladi?
Qo‘zg‘atish, kuchlanish va reaktiv quvvatni avtomatik rostlash qurilmalari qanday vazifalarni bajaradi?
Qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash qurilmalari qanday standart ta- lablarga javob berishi zarur?
Barqarorlikning buzilishini avtomatik bartaraf etish qurilmalari- ning vazifalari va ularning ko‘zda tutilish holatlari.
Kuchlanishning pasayishi va oshishini avtomatik chegaralash qu- rilmasining vazifalari va qo‘llanilish sohalari.
Jihozlarning o‘ta yuklanishini avtomatik bartaraf etish qurilmasi va uning vazifalari.
Telemexanika qurilmalarining vazifalari va qo‘llanilish sohalari. l3. Telemexanika vositalarini qo‘llashning asosiy shartlari nimalardan iborat?
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya qanday hollarda ko‘zda tuti- lishi shart?
Telemexanika jihozlari, uskunalari va kanallarida qanday himoya- lar ko‘zda tutiladi? 1ababini tushuntiring.
Telemexanika qurilmalari qo‘llanilganda qanday uzib qo‘yishlar ko‘zda tutilishi shart? 1ababini tushuntiring.
Telemexanika apparatlari va aloqa kanallarini ratsional ishlatish uchun qanday ruxsat etishlar qabul qilinadi?
Telemexanika qurilmalarini ishlatishni tashkil etish.
“ Tastiqlayman”
Oltinsoy tumani 2-sonli
kasb-hunar maktabi
KTIBDO’
CH. SHUKUROV