108
Achambiti
(jag‘-jag‘)
yer ustki qismi
Bozulbang guli
Tog‘rayhon
yer ustki
qismi
Bo‘ymadaron yer ustki qismi
Ermon yer ustki qismi
Dalachoy yer ustki qismi
Efedra (qizilcha) yer
ustki qismi
Zubturum bargi
Qizilmiya ildizi
Kelin tili (shaftoli
bargli
toron) yer ustki qismi
Qirqbo‘g‘im yer ustki
qismi
Ko‘ka bargi
Qora andiz ildizi
Yuqoridagi jadval 1,2,3 lardagi ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, amaliy tibbiyot
uchun zarur bo‘lgan dorivor o‘simliklar ro‘yxati talaygina bo‘lishiga qaramasdan
dorixonalarda juda kam dorivor o‘simlik mahsulotlari muomalada ekanligi ma’lum
bo‘ldi. Ayniqsa shu kunlarda tayyorlanayotgan dorivor o‘simlik mahsulotlari (jadval
3) talabga mutlaqo javob bermaydi.
Respublika Sog‘liqni saqlash tizimini dorivor o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan
ehtiyojini to‘laroq qondirishni asosiy yo‘llaridan biri, jadval 1 da keltirilgan va
boshqa shularga o‘xshash noyob o‘simliklarni introduksiya qilish, madaniylashtirish
ishlarini rivojlantirish orqali erishish mumkin.
O‘simliklarning foydali ekanligi ko‘p jihatdan ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq,
dorivor o‘simliklarda esa biologik faol moddalar (BFM) kompleksi asosiy o‘rinni
egallaydi. BFM ni hosil bo‘lishi va to‘planishi dinamik jarayon bo‘lib, ontogenezda
(yoki o‘simlikning o‘sish sikli) bilan belgilanadi hamda tashqi muhit omillariga
(faktor) bog‘liq. Farmatsevtlar bu jarayonni bilishlari zarur, chunki BFM to‘planishi
bilmiga
asoslangan holda, dorivor o‘simlik mahsulotlarini sifatiga qo‘yilgan asosiy
talablarga javob beruvchi dorivor o‘simlik mahsulotlarni yig‘ish, quritish va saqlash
qoidalarini ishlab chiqiladi. Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni (DO‘)
ekologik o‘ziga xosligini bilish ham, zarur bo‘lib, bu bilimlarsiz (DO‘) larni
madaniylashtirish mumkin emas.
O‘simliklarni tarkibidagi modda almashinuvi va tashqi sharoit o‘rtasida bog‘liqligi
aniq. Bu joyda o‘simliklarni nafas olishi va fotosinteziga to‘xtalmaydi, chunki bu
o‘simliklarni fiziologiyasi faniga tegishlidir. Bu uchun
esa ikkilamchi metabolitlar
hisoblangan (BFM) hosil bo‘lish yo‘lini bilish, aniqlash muhimdir.
Ekologik faktorlarni ko‘p qirrali va kompleks bo‘lishiga qaramasdan, qator hollarda
o‘simlikni kimyoviy tarkibiga ta’sir qiluvchi asosiylarini aniqlanadi. Masalan, u yoki
bu o‘simlik tarkibidagi ikkilamchi metabolitlarni tarkibi va miqdorini har xil
geografik mintaqalardagilarni taqqoslab, geografik faktorlar to‘g‘g‘risida fikr yuritish
mumkin, vaholanki bu faktor geografik kenglik, iqlim, erning mineral tarkibi,
yorug‘lik sharoitlari bilan uzviy bog‘liq. Misol tarqasida O‘zbekistonda o‘smaydigan,
Rossiyada keng tarqalgan, ilmiy tibbiyotda qo‘llaniladigan Botqoq ledumi o‘simligini
keltiramiz (sababi, O‘zbekistonda shunday o‘rganilgan o‘simlik yo‘q).
109
Botqoq ledumi tarkibidagi efir moyini o‘rganishda, u o‘sadigan 3 ta geografik tuman
(rayon)ga ajratildi: shimoliy, o‘rta va janubiy (jadval 4).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki botqoq ledumi barglaridagi efir moyi miqdoriga
geografik faktor aniq ta’sir qiladi: efir moyi o‘rta rayonda o‘suvchi
botqoq ledum
tarkibida maksimal to‘planar ekan. SHu bilan parallel yorug‘lik va erning kislotali
muhitini ham ta’siri o‘rganiladi. Kimyoviy tarkibini o‘zgaruvchanligi bunda
murakkabroq ketishi aniqlandi. Demak turli rayonlarda o‘suvchi o‘simlikning optimal
(mo‘‘tadil) efir moyini to‘planishiga o‘sadigan joyi va yorug‘lik sharoitlari ko‘p ta’sir
o‘tkazar ekan. Masalan, janubda baland daraxtlar bor o‘rmonlarda, o‘rta rayonlar esa
ochiq joylar, va shimoldagi o‘rmonlarda (yorug‘lik 30% tashkil qiladi). Bunday
tekshirishlar, sifatli mahsulotni tayyorlash uchun katta hamiyatga ega. Tajribada
Rossiyani shimoliy-g‘arbiy qismini ochiq yorug‘lik joylaridan botqoq ledumi bargini
yig‘ish mumkin. Janubiyroq rayonlardan (soya joylarda) yig‘ilgan mahsulot tarkibida
efir moyi kam saqlanishi aniqlandi. So‘ngi tundra o‘rmonlaridagi
botqoq ledumi
bargi tarkibidagi efir moyi juda kam (minimum)ligi aniqlandi.
Jadval 4
Do'stlaringiz bilan baham: