Form1.Button1.Caption:='Stop' else
Form1.Button1.Caption:='Start'
Birinchi qatordagi operator Timer1 ning faolligini Enabled xossasi yordamida teskarisiga
o‗zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni Enabled qiymatiga
qarab Stop yoki Start
qilib o‗zgartiradi. Timer1 ni ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch
operatorni kiritamiz:
Form1.SpinEdit1.Value:=form1.SpinEdit1.Value+1;
if Form1.SpinEdit1.Value>40
then Form1.SpinEdit1.Value:=3; diagonallar;
Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi.
Keyingi operator bu
qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan
ko‗pburchakning diagonallarini chizib chiqadi.
1. Oldingi amaliy mashg‗ulotdagi topshiriqlarda ilovalarga Timer
obyektini joylang va geometrik shakllarni 2 sekund
interval bilan ekranga
chiqaring.
2. Button va Label obyektlaridan foydalanib soat dasturini tuzing.
3. Ilova oynasining eni 100 dan 800 gacha sekundiga 20 marta 1 qadam
bilan o‗zgaradigan ilova yarating.
4. Svetofor ilovasini ishlab chiqing. Qizil va yashil shiroqlar 5 sekund,
sariq chiroq 1 sekund yonsin. Chiroqlar o‗chganda kul rangga o‗tsin.
4.1. Ilova Oynasini yarating va unga Timer obyektini joylang.
4.2. Ilova kodi oynasiga o‗tib, var Form1:TForm1; operatorini toping
va undan keyin var i:integer; operatorini kiriting;
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uningxossalari. Har
qanday ilova ma‘lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma‘lumotlarni
kiritish imkoniga ega
bo‗lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish
maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart
panelida oltinchi bo‗lib joylashgan va uning yorlig‗i .Bu obyektning ko‗plab xossalari ilova
oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda
Caption xossasi yo‗q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning
asosiy xossasi Text (Matn) bo‗lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada saqlanadi. Agar
bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks
etadi.
2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari. Edit obyektining yana bir foydali
xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga
kiritiladigan matn satri
uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga o‗quvchining tug‗ilgan yili
kiritilishi kerak bo‗lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko‗p hollarda unga adashib
boshqa ma‘lumotlarni kiritib yuborishning oldini oladi. Edit obyektining yana bir foydali
xossasi Font bo‗lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni,
shrift
o‗lchami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o‗rnatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: