Magniy olish texnologik jarayoni.
Magniy tabiatda ximik aktiv metal bo‘lgani uchun erkin holda o‘chramaydi. Magniy qattiq jismlar bilan birikma holida o‘chraydi. Er qobig‘ini 2.35% ni magniy tashkil etadi. Magniy dengiz va shur suvlarda ham bo‘ladi.
Magniy texnikada ishlatiladigan metallarni eng engili bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1.77 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 6500S.
Toza magniy kislorod bilan aktiv birikadi va yuqori temperaturada oson oksidlanadi va yonadi. Magniy fotografiyada ishlatiladi. Sanoatda uni Al li, Mn li va Zn li qotishmalari ishlatiladi.
Hozir texnikada magniy olishning ikkita usuli mavjud.
Magniy xloridlarini elektroliz qilish yo‘li bilan.
Magniy rudalaridan magniyni termik yo‘l bilan ajratish usuli.
Magniy rudalarini tashkil etadi: magsezit- MgCO3-tarkibida 28.8% Mg bor.
Mineralda bekorchi jins sifatida Si, Fe, Al va Sa ham bo‘lishi mumkin.
Dolomit MgCO3SaSO3-tarkibida 13.2 % Mg bo‘ladi.
Karnalit MgCl2KCl*6N2O-tarkibida 8.8% Mg bor.
Tabiiy magniy tuzlari eritmasida taxminan 0.1 % Mg bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda Mg asosan elektroliz yo‘li bilan olinadi.
Magniy rudalarini elektrolizga tayyorlash.
1. Agar magnezitni olsak elektroliz vannasiga tushirishdan oldin 850-9000S ga qizdiriladi. Bunda
MgCO3MgO+SO2
2.MgO qaytaruvchi uglerod ishtirokida 800-9000S xlorlanadi.
MgO+S+SlMgCl2+CO
MgCl2 ga KSl va NaCl tuzlari qushib elektroliz qilinadi.
6-rasm magniyni elektroliz qilish vanasi
MgCl2 ni elektroliz qilish yopiq elektroliz vannalarida bajariladi. berilgan o‘zgarmas tok elektroximik jarayoni borish uchun hamda vannani tubini qizdirish uchun sarflanadi. Ish temperatura 700 0S atrofida bo‘lib tok kuchlanishi 6-7 V. Kuchi esa 30.000-70.000 A.
1-Anod- grafitan
2-katod-Po‘latdan
3- Tuskich
4- Truba
5- Devor
6-CHikindi
7-Elektrolid
Anodlar profitdan, katodlar esa po‘lat planka. Ikkala elektrod ham vannada vertikal va bir-biriga parallel joylashgan. Elektroliz vaqtida anodda gaz qolipdagi xlor pufakcha shaklida yuzaga chiqadi va truba orqali qayta ishlashga junatiladi. Katodlar atrofida suyuq magniy ajraladi. Ajralgan magniy engil bo‘lgani uchun u yuqorgi yuzada yig‘iladi. Ajralgan Mg, Cl bilan katta reaksiyalanishidan extiyot qilish uchun xlor trubadan suriladi.
Hosil bo‘lgan MgO va qisman G‘e vanna tubiga chukadi. Magniy metali shlang orkali vannadan vakuum qozonga o‘tkaziladi va undan qoliplarga quyiladi. 1 tonna magniy olish uchun 15000-17000 kvt/s energiya kerak bo‘ladi. 20-25 kg anod sarf bo‘ladi.
Elektroliz yo‘li bilan olingan magniyda ozroq qo‘shimchalar bo‘lib, magniyni qo‘shimchalardan tozalash uchun pechda qayta eritiladi, yaoni qayta suyuqlanadi va flyus solib qo‘shimchalardan tozalanadi va chushka holida qo‘yiladi.
80-100 ta vanna bitta yachaykaga birin-ketin joylashgan.
Elektrodni o‘rtacha tarkibi: 7-15 % MgCl2, 35-42 % SaCl, 17-25% NaCl, 22-30 % KCl.
Do'stlaringiz bilan baham: |