Asosiy tayanch tushunchalar Tadbirkorlik faoliyati -- foyda olish maqsadida tahlika (tavakkalchilik) bilan hamda mulkiy javobgarlik asosida va amaldagi qonunlar doirasida o'z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.
Hissadorlik jamiyati — ko'proq foyda olish maqsadida mexnat, mexnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirishgan uyushmadir.
Aksiya - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o'zining ma'lum hissasini qo'shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvoxlik beruvchi qimmatli qog'ozdir.
Aksiya kursi- qimmatli qog'ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan bahosidir. Obligatsiya — uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo'yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir.