Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlarda uning ikki tomonining bir-biriga tengligidir. Bunga misol mavjud iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlarining bir-biriga teng kelishi.
Iqtisodiy mutanosibliklar — iqtisodiyot turli tomonlari va sohalari, iqtisodiy faoliyat natijalarining o'zaro miqdoran va tarkiban mos kelishi.
Iqtisodiy inqiroz - ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishidir.
Iqtisodiy sikl ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan yoki cho'qqidan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |