2-§. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahoi nnfratuzilmasining rivojlanishi
Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya'ni turli mamlakatlar o'rtasidagi xo'jalik aloqalari negizida yotadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo'ladi:
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchining migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valuta-kredit munosabatlari;
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarnish xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o'tadiki, ulardan har biri milliy xo'jalikiing xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma'lum darajasi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |