O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


-§. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va bozor



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202
 
4-§. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va bozor 
iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turli mulk 
shakllarining iqtisodiy mazmuni
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan 
biri o'laroq, inson iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli hisoblaiadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat 
boyliklarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladi. 
 
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari — bu mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka 
egalik qilish 
mulkdorlik huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi 
va yaratilgan moddiy boyliklarni o'zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda 
mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa 
boshqalar qo'lida bo'ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. 
Mulkdan foydalapish 
bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda 
qo'llanilishidir. Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy 
extiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. 
Mulkni tasarruf etish 
— bu mol-mulk taqdirining 
mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi 
hollar orqali ro'y beradi. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o'zida 
ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo qiladi, 
shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, 
yuqorida ko'rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk 
iqtisodiy jihatdan ro'yobga chiqarilmasa, ya'ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga 
daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. 
Mulkchilik munosabatlari, uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo'yadi. 
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Inson yaratgan moddiy va a'naviy 
boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati ishchi kuchi va 
boqalar mulk obyekti hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo'g'in 
— 
bu ishlab chiqarish vositalariga 
egalik qilishdir. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo'lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga 
tegishli bo'ladi. 
Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish