O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


Mana shu to'lov absolut yer rentasi deb nom olgan



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   202
Mana shu to'lov absolut yer rentasi deb nom olgan. 
Agar 
yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo'lsa, ularning ijara haqi 
alohida hisoblanadi. 
Renta nazariyasiga ko'ra qishloq xo'jaligida rentaning yana bir turi — monogyul renta ham 
mavjud bo'ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba'zan noyob qishloq xo'jalik 
mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, Choy va hokazolarning alohida turlarini) 
yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu 
narxlariing yuqori bo'lishi ko'pincha to'lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada 
monopol narxlar Bunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo'lishi mumkin. Bu 
esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat qishloq xo'jaligida emas, balki 
undirma sanoatda 
ham qo'shimcha daromad olinadi. 
Ma'lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham 
konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo'jaligidagi singari, o'rta va 
yaxshi konlardagi korxonalar qo'shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. 
Ijara haqi. 
Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e'tiborni 
qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oddin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog'liq 
ravishda kapital qo'yilmalar sarflanmagan bo'lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to'g'ri 
keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasqdan farq qiladi. Ijara haqining quyidagilardan iborat: yerdan 
foydalanganlik uchun to'lanadigan renta (K), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (g); yer 
uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada 
quyidagicha yozish mumkin: IH = K+g+A. 


Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oddi-sotdi obyekti 
hamdir. Yer ham qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish 
uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo'llar, aeroportlar va hokazolar 
qurish uchun sotib olinadi. Yerning bahosi nima bilan belgilanadi? Yer almashuv qiymatga ega 
emas.Chunki u inson mexnati mahsuli emas. 
Shu sababli yer va boshqa tabiat inyomlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb 
ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega. Yer uchastkasishshg egasi uni sotishda olingan summani 
bankka qo'yilganda, foiz tarzida u keltiradigan daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan 
kam bo'lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aygganda, yerning narxi kattallashtirilgan 
rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta 
miqdoriga to'g'ri mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning 
narxi ikkita miqdorga bog'liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo'ltan yer rentasi miqdoriga; 2) 
ssuda foizi normasiga. 
Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo'yicha aniqianadi.B= *100% bunda 
K- renta r -ssuda foizi normasi, B- yer bahosi. 
Faraz qilaylik, K - 15 ming dol., g =5%. Bunda B = 300 ming dol. ga teng bo'ladi. Yer egasi 
faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz 
unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo'ladi. 
Renta miqdori o'sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda yerning narxi o'sib boradi. 
Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega amalda yer narxi, yer uchastkasiga 
talab va taklifga ta'sir qursatuvchi ko'plab omillarga bog'liq. Jumladan, yerga narxning o'sishini, 
unga noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o'sishi bilan tushuntiridishi 
mumkin. Inflatsiya va asosan giperinflatsiya sharoitida yerga talab keskin o'sadi, bu tegashli 
ravishda yer narxining o'sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g'arb mamlakatlarida 
XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o'sish tamoyiliga ega bo'lib, faqat ayrim 
davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish