O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202
 
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 
iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. 
Ishlab chiqarish sarf-
harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i va energiya uchun 
qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, foiz 
to'lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi 
ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish 
xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni 
bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va mineral sarflari, 
amortizatsiya va h.k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida chiqarish xarajatlari faqat uning bir 
qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala 
xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab 
chiqaruvchidan olib, iste'molchiga yetkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi. Ular ikki guruhga 
bo'linadi: qo'shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o'rash qadoqlash, 
saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo'shimcha muomala xarajatlari 
hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar 
qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul 
tushum summasidan qoplanadi. 
Ishlab chiqarish harajatlari 
Muomala xarajatlari 
ХАРАЖАТЛАР ТУРЛАРИ 


Ish 
haqi 
Xom ashyo 
xarajatlari 
Yonilg'i va moylash 
materiallariga 
xarajatlar 
Amorti 
za-siya 
va x.k.z 
Qo'shimcha 
muomala 
xarajatlari 
Sof muomala 
xarajatlari 
6-chizma. Ishlab chiqarish xarajatlarining
an'anaviy turkumlanishi 
Tashqi xarajatlar 
Ichki xarajatlar 
Ishchi kuchiga sarflar 
Bino-inshoot amortizatsiyasi 
Xom-ashyo xarajatlari
Mashina-uskuna amortizatsiyasi 
Yonilg'i-energiyaga xarajatlar 
Ijara haqi 
Transport-aloqa xizmatlariga xarajatlar 
Qarz pul mablag'lari va uning uchun 
foizlar 
Bank tijorat xizmatlari uchun sarf 
xarajatlar 
Me'yoridagi foyda 
7-chizma. Ishlab chiqarish xarajatlarining bozor iqtisodiyotiga
doir adabiyotlarda turkumlanishi
Doimiy xarajatlar 
O'zgaruvchi xarajatlar 
Korxona to'lov majburiyatlari 
Xom ashyo 
Soliqlar 
Material 
Amortizatsiya ajratmalari
Yonilg'i 
Ijara haqi
Transport xizmati
Qo'riqlash xizmati xarajatlari
Ishchilar ish xaqi vash u kabilar uchun 
xarajatlar
Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k. 
8-chizma. Ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarishiga
qarab xarajatlarni turkumlanishi
Sof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar) marketing (iste'molchilik talabini 
o'rganish) reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo'ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini 
oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda 
hisobidan qoplanadi. 
Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g'oyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra 
xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish