O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasi qonun-



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   202
 
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasi qonun-
qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 
Bunday iqtisodiyot 
erkin tovar — pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardash 
harakati iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi iqtisodiy nazariyalarda bozor iqtisodiyoti 
deganda etadi, zamon bozor xo'jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil 
ravishda yuz berishi va ularning tovar pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi 
tushuniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab 
chiqish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini, hamda iqtisodiy munosabatlarning 
barcha subyektlarini qamrab oladi. 
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o'z mehnatini sotuvchi ishchilar 
ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. 
Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari, 
korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo'jaliklari — iqtisodiyotning iste'molchilik sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy 
birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan 
tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish 


omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sekgori bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning 
birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni 
taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun 
sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. 
Davlat - foyda olishni maqsadi qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish 
vazifasini amalta oshiradigan, har xil budjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi. 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to'rtta tarkibiy qismdan 
iborat bo'ladi: baho, talab va taiif hamda raqobat. 
Baholar nisbati o'zgarib turadi, shuning uchun baho, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab 
chiqarish hajmining o'zgarishi 
;
zarurligini aniqlashda yo'l ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Talab va 
taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o'zgarishlar, o'z navbatida, baholardagi o'zgariisharni keltirib 
chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
Turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo'lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun 
turishi; 
Tadbirkorlik va tanlov erkinligi. 
Raqobat kurashning mavjudligi. 
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi. 
Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o'zgarishlariga moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor 
iqtisodiyotinin mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotnin tarixda tarkib topgan 
ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko'rinishi uzoq vaqt davomida 
shakllanib, g'arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrnin oxirlarigacha davom etib keldi. U 
iqtisodiy adabiyotlarda 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish