O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
 
Oligopoliya 
— tarmoqda u qadar ko'p bo'lmagan korxonalarning mavjud bo'lishi va 
hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Kaysi tovarlar va xizmatlar 
bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik 
tarmoq hisoblanadi.
Raqobat qurashining ikki usuli farqlanadi: 
narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.


Narx vositasidagi raqobatlashuvda ishlab chiqaruvchilarning va shunday mahsulotlarinikiga 
nisbatan narxni pasaytirishi kurashning asosiy usuli hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda tovarlarning narxi emas, balki 
uning sifati, 
servis xizmat ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro'-e'tibori raqobat kurashining 
asosiy omili hisoblanadi.
2-§. O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va
antimonopol qonunchilik 
 
Raqobataning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Bu shart-
sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bozor 
iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, 
o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib 
chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu 
sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning 
monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin 
raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat 
usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar 
faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan qonunda 
(«Sherman qonuni») o'z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga 
oshirish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan 
shakllarda amal qiladi. 
Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, 
bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini 
kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohoglarni amalga oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. 
O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida 
xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy 
o'rin tutadi. Xususiylashgirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, 
ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. 
Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu 
raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga 
asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu srda 
raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning 
paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat 
asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik 
subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. 
O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning 
ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida ma'ruzasida 
ta'kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi 
iqtisodiy mustaqilligani oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni 
bartaraf etishni anglatadi. Shuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan 
Majlislarda so'zlagan nutqida (2000 yil, fevralida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy 
mustaqillik berishning aniq yo'nalishlari ko'rsatiladi. 
Shu maqsadda O'zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonun (1992 yil, 
avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum 
me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko'ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, 
narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borshiiga to'sqinlik qilish, raqobatning 
g'irrom usullarini qo'llasht man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararnn 
qoplashlari, jarima to'lashlari, g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi tizimida 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga 


ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqyeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va 
rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 
1996 yil 1 iyul holati bo'yicha respublika va mahalliy bozorlar Davlat reyestrida 5153 ta 
mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar turi bo'yicha jami 878 korxona hisobga odashgan. 
Respublikada monopol mavqyeiga ega bo'lgan korxonalarni Davlat reyestriga kirishi uchun 
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o'tish davrining o'ziga xos jihatlari hisobga olinadi. 
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar 
bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo'lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida 
Davlat reyestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb 
belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar ro'yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi 
mavqyeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib 
ko'rsatish lozim: 
1. Monopol mavqyeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki 
rentabillikning chegarasini belgilab qo'yish. 
2. O'z monopol mavqyeini suiiste'mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo'lib tashlash 
yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan 
tasdiqlangan «Obyektlarning xo'jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi 
to'g'risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida 
monopol mavqyeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 
obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. 
O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida» 
(1996 yil, aprel) qonuni asosida g'irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga 
belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo'l qo'ymaydigan mexanizmni 
yaratishga ham alohida e'tibor beriladi. 
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo'li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga 
narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy 
ko'rsatkichlarni belgilashni o'z ichiga oladi. 
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo'lmagan sektorni 
qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga 
ko'maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko'plab xalqaro 
tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar 
tashkil etildi. Yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy 
ko'maklashuv jamiyati kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash markazini tashkil etdi. 
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish amalga oshirilayotgan barcha ishlar 
bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish