beradi.
Xususiylashtirishning adresli yo'naltirilganligi uy-joylarning o'z egalariga imtiyozli yoki
bepul berilishida, aholining ko'proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari budjet mablag'lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o'z yordamchi xo'jaliga uchun
chek yerlar olishi kabilarda o'z ifodasini topadi.
O'zbekistonda xususiylashtirishning to'lovliligi uniig navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni
to'laga orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul
taqsimlash bilan bog'liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish
imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni
davlat tomonidan qo'llab, quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo'ladi, bozor infratuzilmasini
barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro'yobga
chiqarish uchun mablag'lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo'li orqali ularning mulkchilikning boshqa
shakllariga aylantirilish bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag'lar shu korxonaning
o'zini qo'llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog'ida
aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta'minlaydi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun
imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy
infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog'lar va
shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to'lashda ayrim imtiyozlar
berish kabilardir.
Ijtimoiy kafolatlar iste'mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish
haqini, daromad solig'ini tartibga solish kabilarni ham o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-
joylarning, sotib olingan texnika va avtotransport vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan
fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o'z ifodasini topadi.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o'ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz
I.A. Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy
qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: