O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


Isrofli va samarasiz ishlab chiqarish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   202
Isrofli va samarasiz ishlab chiqarish. 
Tanqidchilar bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo'lgan 
tovarlar bilan ta'minlashiga ham shubha bildiradilar. Ular raqobatning kuchsizlanib borishi bilan, 
iste'molchining mustaqilligiga putur yetadi, bozor tizimi o'zining iste'molchining xohishiga ancha 
mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo'qotadi deb hisoblaydilar. 
Bozor tizimi foydasi hisobiga bosh iqtisodiy dalil shuki, resurslarning samarali 
taqsimlanishini ta'minlashga yordam beradi — buni inkor etish qiyin. 
 
3-§. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo'lib, iqtisodiyot 
nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham 


qo'llaniladigan, ilmiy-amaliy tushunchadir. Bu tushuncha yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga 
o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. 
Lekin uning ichki mazmuniga e'tibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, uning mazmuni o'zgaruvchan 
ekanligini, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar 
ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining 
oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan 
mazmunni anglatgan. 
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a'zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi 
sifatida namoyon bo'lgan bo'lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi 
bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e'lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar 
oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko'rinishida, ya'ni bir tovarga 
boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo'lib, o'z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqg va 
masofa bo'lmagan, birdaniga bir vaqgning o'zida o'sha joyda ayirbosh sodir bo'lgan. Lekin tovar 
ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan 
sotish va sotib olshl ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko'rinishida bo'la boshlagan. Endi tovarni 
sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir bo'lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z 
tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. 
Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga 
bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruxlar paydo bo'ldi. 
Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar pul 
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga 
aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay 
qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor 
tushunchasining mazmuni o'zgarib, yanga ma'no kasb etadi, ya'ni tovar-pul muomalasining yangi 
shakli sifatida namoyon bo'la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yanga o'ziga xos muhim tovar — 
ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. 
Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi 
kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan bo'ldi, ularning bir-
biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo'ladigan bo'ldi. 
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilarning ko'p 
qirrali murakkab aloqalarini, ularning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ta'sirini bog'laydigan bo'g'in, 
jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta'minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. 
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o'zaro kelishuvi, ekvivalentlilik 
prinsipi asosida ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul to'loviga 
qodir bo'lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga 
o'tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o'tish davri 
suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga yengil-yelpi qarab uning almisoqdan qolgan 
eski, bir tomonlama, hozir ma'nosini yo'qottan ta'rifini ko'rsatish hollari uchramoqda. Turli kishilar 
tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ta'rif berilib, u qizshn munozaralarga 
sabab bo'lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to'planib, juft-juft, to'p-
to'p, guruh-guruh bo'lib oddi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish