O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202
Qo'shimcha adabiyotlar 
 
1. O'lmasov A. Iqtisodiyot asoslari. T. Mehnat, 1997. XIV bob. 
2. Obshdya ekonomicheskaya teoriya. M.»Promo-Media», 1995. 
3. Fisher S., Dornbush R., Shmalenzi R. Ekonomika. M., «Delo-LTD», 1995. 
4. Ekonomicheskaya teoriya. O'chebnik pod.red. I.P.Nikolayevoy.
M.: «Prospega», 1998. 
Gl: 20. 
5. I.P. Nikolayev. Ekonomicheskaya teoriya. O'chebnik. — M.: «InoRus, 1998. Gl: 20. 
 
XIX. JAHOn XO'JALIGI, XALQARO SAVDO VA XALQARO
VALUTA-KREDIT MUNOSABATLARI
 
Ma'ruza rejasi
 
1. 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
umumjahon 
tomonlari 
va 
ishlab 
chiqarishning 
baynalminallashuvi.


2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmanshg rivojlanishi.
3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyanipg mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari. qiyosiy 
ustunlik nazariyasi.
4. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
5. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari.
 
1-§.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari
va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
Hozirga davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri - 
turli mamlakatlar va xo'jalik regionlari o'rtasidagi o'zaro bog'liklarning o'sib borishi hisoblanadi. 
Jahon xo'jaligida har bir o'zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida 
mamlakatnipg eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro 
monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o'ziga tortadi. 
Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog'liqchik 
obyektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday 
rivojlangan bo'lishidan qat'iy nazar, jahon xo'jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to'la qonli 
iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruxlarga bo'lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har 
xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm 
dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi. 
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo'jalik 
tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin: 
rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodida mavjud bo'lmagan 
mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo'yicha ham o'z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, 
o'rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi 
industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya 
Arabistoni, Quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKBI), shu jumladan eng 
kambag'al mamlakatlar (Chad, Bayengladesh, Efiopiya), har xil regional itifoqlar va internatsional 
guruhlarga ajratiladi. 
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o'zaro iqtisodiy bog'liqlikning har xil jixatlari 
orqali tortiladi. Hozirgi xo'jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynalminallashuvining 
kuchayishi hamda fan-texnika revolutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya 
vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o'z-o'zini ta'minlash orqali samarali 
amal qilish mumkin emas. 
Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlarga to'g'ri keladiki, bu davrda ishlab 
chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi 
migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan 
guvoxlik beradiki, xo'jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya'ni u milliy chegaradan o'sib chiqadi va obyektiv 
ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo'yadi. 
Milliy xo'jaliklar va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo'jaligi 
asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish