O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,6 Mb.
bet162/267
Sana23.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#405199
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   267
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Iste'molchilik sarflari — bu aholi joriy daromadlarning tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.

Jamg'arma — bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajaqdaga ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to'planib borilishi.

Uning hajmi uy xo'jaliklari daromadidan iste'molchilik sarflarini ayirib tashlash yo'li bilan aniqlanadi.

Daromad fondida iste'molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo'lsa jamg'arma hajmi shunchalik kam bo'ladi. Jamg'armaning o'sishi esa iqtisodiy ma'noda mablag'lariing iste'mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo'naltirilishini bildiradi.

Shu sababli daromadda iste'molchilik sarflari va jamg'arma nisbatining o'zgarishi bir qator, ba'zan qarama-qarish oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg'armaga qo'yish oqibatida u tovarlarda bo'lgan talabda o'z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmi ishlab chiqarishdan olingan daromad to'liq sarflangandagina jami talabni ta'minlash uchun yetarli bo'ladi. Demak jamg'arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo'lishiga olib keladi.

Jamg'arma daromadlardan mablag'larni olib qo'yishni bildirib iste'molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun yetarli bo'lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o'z daromadining qandaydir, qismini jamg'arsa, o'zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko'payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo'lishi mumkin.

Boshqa tomondan jamg'arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg'arilgan mablag'lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste'molchilik sarflarining har qanday yetishmasligini qoplaydi va jamg'arma keltirib chiqaradigan iste'moldagi har qanday yetishmaslikni to'ldiradi. Uchunchidan korxonalar ham o'zining barcha mahsulotini iste'molchilarga sotishni ko'zda tutmaydi, balki uiing bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg'armalariga teng miqdordagi mablag'larni investitsiyalarga qo'yishni ko'zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo'lib qoladi.

Iste'mol va jamg'arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tartibida to'g'ri soliqlar ham mavjud bo'ladi. Shu sababli soliqlar to'langandan keyin aholi qo'lida qoladigan daromad iste'molchilik sarflari va shaxsiy jamg'arma yig'indisiga teng bo'ladi. Iste'mol va shaxsiy jamg'armaning darajasi bevosita soliqlar to'langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste'molning ham, jamg'armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg'arma daromadning iste'mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy jamg'armani aniqlab beradigan asosiy omil bo'lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste'mol miqdori va soliqlar to'langandan keyingi daromad o'rtasidagi farq shu yildagi jamg'arma miqdorini aniqdaydi.



Qarab chiqilgan omil ta'sirida iste'mol va jamg'arma darajasining o'zgarishini quyidagi jadvalda tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma'lumotlardan foydalanamiz.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish