MUSTAQIL ISH.
MAVZU: MATNLAR BILAN ISHLOVCHI VOSITALAR VA ULARNING TURLARI VA VAZIFALARI.
Reja:
1.Matnlar bilan ishlovchi vositalar.
2.Ularning turlari.
3.Vositalari.
Ma’lumki, inson ish faoliyati davomida ko‘plab matnlarni qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi. Hujjatlaming hamda elektron hujjatlarning ko‘pchilik qismini matnlar tashkil etadi. Oddiy belgilardan tashkil topgan so‘zlar to‘plami matn deb ataladi. Kompyuterda matnli hujjatlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallar bajariladi.
Kiritish amalida tashqi shakldagi dastlabki matnni electron ko‘rinishga, ya’ni fayl tarziga o'tkazish ko'zda tutiladi. Kiritish amalida nafaqat klaviatura yordamida kiritishni, balki kiritish vositalari yordamida (skanerdan o'tkazish, grafik shakldan matn formatiga o'tkazish) kabi vazifalami bajarish mumkin.
Tahrirlash amalida mavjud matnli hujjatni o‘zgartirish, unga qo‘shish, o‘chirish, matnni boiish va hokazo kabi amallar bajariladi. Kiritish va tahrirlash amallari yordamida matnli hujjatning tarkibi shakllantiriladi.
ormatlash amali hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kerak va bu amalning buyruqlari hujjatning ekrandagi yoki qog‘ozdagiko‘rinishini aniqlaydi.
Barcha elektron hujjatlar kiritish va tahrirlash amallari bajarilishini talab qiladi, lekin formatlash amali ular uchun har doim ham kerak bo'lavermaydi. Masalan, kompyuter uchun yoziladigan dastur matnlarini formatlash shart emas, chunki dastur matni qog‘ozga chiqarish uchun yozilmaydi, balki uni kelgusi qayta
ishlovchi amal — kompilyatsiya uchun kiritiladi. Shuning uchun ba’zi matnli hujjatlami formatlash ortiqcha ish va ulami formatlash maqsadga muvofiq emas. Shunday qilib ikki xil dasturga ega bo'lish foydali bo‘lib chiqdi. Matnlarni kiritish va tahrirlovchi dasturlar matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari deb nom oldi.Barcha matn muharrirlari hujjatda «toza» matnni saqlaydi, shuning uchun ular boshqa matn muharrirlarida ham tahrir qilinishi mumkin.Matn protsessorlari esa formatlash natijalarini hujjat ichiga har xil tarzda qayd qilganliklari sababli, ko'pchilik hollarda bir-birlari bilan mos tushmaydi. Lekin ba’zi matn protsessorlarida bir formatdagi hujjatni boshqa formatga o‘tkaza olish qobiliyati mayjud.
Microsoft word protsessori bilan tanishish.
WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim matbaachilikda haqiqiy inqilob bo‘ldi desak, mubolag'a bo‘lmaydi.Harf o'lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalashjoylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish — bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi.Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko'rkamroq qilish, imlo xatolarini avtomatik tarzda tuzatish imkonini beradi. Kompyuter uchun tuzilgan dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmuyi «panel» deb ataladi.Dastur menyusi esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi.ORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:
1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish;
2). «PUSK» menyusidagi «PROGRAMMЫ» menyusidan Microsoft WORD ni tanlash.WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki «Fayl» menyusidagi «Vыxod» buyrug'i orqali amalga oshiriladi.WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o‘xshash va uning tarkibiga matnlarni tahrir qilish va formatlash uchun qo‘llaniladigan barcha elementlar kiradi.
WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi:
— sarlavhalar paneli — yuqoridagi eng birinchi panel bo‘lib, hujjat nomini saqlaydi. Shuningdek, ushbu panelda hujjatning menyu tugmachalari va oynalarni boshqarish tugmachalari joylashgan.
— menyu qatori — yuqoridan ikkinchi o‘rinda turuvchi va har biri o‘z menyusiga ega menyular ro‘yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko‘p buyruqlari uchun ishlatish mumkin. Bu menyular «Sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ishga tushiriladi.
Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo'ljallangan:
• «Fayl» menyusi — ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va WORDdan chiqish;
• «Pravka» menyusi — bekor qilish, yo‘qotish, nusxalash, joylashtirish, matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o‘tish;
• «Vid» menyusi — hujjatni ko‘rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash;
• «Vstavka» menyusi — turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlami hujjat matni ichiga joylashtirish;
• «Format» menyusi — matnlar va grafiklarni formatlash(grafiklarning rangi va o‘lchovini o'zgartirish);
• «Servis» menyusi — hujjatlarni tekshirish va WORD dasturlarini sozlash;
• «Tablitsa» menyusi — jadvallami hosil qilish, to‘g‘rilash va formatlash;
• «Okno» menyusi — ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va kerakli hujjatli oynani ishlatish;
• «Spravka» menyusi — WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlami so'rashga xizmat qiladi;
Standart uskunalar paneli (odatda uchinchi qator, 2-rasm). WORDning juda zarur uskunalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday uskuna «Sichqoncha» ning chap tugmasi vositasida ishga tushiriladi.
Hujjat bo‘yicha harakatlanish Tahrirlanayotgan hujjat bo'yicha harakatlanishni amalga oshirish uchun oynaning o‘ng tomonidagi vertikal yo‘lakchadagi tugmalardan foydalanish mumkin:
a) pastga tushish uchun vertikal yo'lning pastki qismidagi^ tugmasida «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosing;
b) yuqoriga yurish uchun vertikal yo'lning yuqorigi qismidagili tugmasida «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosing;
d) matnning keyingi varag'iga o‘tish uchun yo‘lakchaning tugmasida, oldingi varag‘iga o‘tish uchun Sh tugmalarini «Sichqoncha» yordamida bosish lozim;
e) hujjatlaming ma’lum qismiga o'tish uchun «Sichqoncha» yordamida kursor o‘sha joyga olib boriladi. Bunda kursor siz ishlayotgan matn qismida joylashishi shart.
WORD dan chiqish operatsiyasi Alt+F4 yoki «Fayl» menyusidagi «Vыxod» buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |