O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev iqtisodiyot nazariyasi


-jadval YAMM(IMM)ni hisoblashga sarflar



Download 1,01 Mb.
bet144/268
Sana02.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#79114
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   268
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi-fayllar.org

6-jadval
YAMM(IMM)ni hisoblashga sarflar

va daromadlar bo'yicha yondoshuv

Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo'yicha hisoblash


Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo'yicha hisoblash


1.Uy xo'jaliklariniig istmolchilik sarflari


1. Daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarf va to'lovlar a) amortizatsiya, b) egri soliqlar


Tadbirkorlarning investitsion sarflari

+

2. Ish haqi

+

3. Tovar va xizmatlarni davlat xarid qilish


3. Renta to'lovlari

+

4. Chet elliklar sarfi

+

4. Foiz


+

5. Notijorat muassasalari sarfi

+

5. Foyda

+

6.Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o'zgarishlar




YAMM (YAIM)


YAMM (YAIM)


O'zbekistonda 1998 yil YAIM daromadlar bo'yicha 1358,8 mlrd. so'mlik tashkil qilgan. Shu jumladan:

Mehnat haqi (zaruriy mahsulot) 476,4 mlrd.so'm (35,0%)

Aralash daromadlar bilan birga yalpi foyda 671,6 mlrd.so'm (49,5%)

Soliqlar 210,8 mlrd.so'm (15,5%)

YAMM (YAIM)ni xisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning aloxida turlarini to'laroq qarab chiqamiz.

Asosiy kapitalning ko'pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrini tashkil qiladi. Investitsion tovarlar sotib olishga qililadigan sarflar va ularning unumli xil muddati amalda bir davrga to'g'ri kelmaydi. Shu sabab korxonalar investitsiyani tovarlarning foydali xizmat muddatini hisoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi. Asosiy kapitalning yil davo ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko'chgan qiymati amortizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital turlari bo'yicha har yili ajratib boriladi. Masalan, to'quv dastgohining qiymati 5 mln. so'm, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln.so'mni (5:10) tashkil qiladi.

Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAMM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi Bu fond mablag'laridan iste'mol qilingan asosiy kapital qayta tiklash, ya'ni yangi investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlariga kapital remont qilish va ta'mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit resurslarining manbai ham hisoblanadi.

Daromad to'lash bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlarning boshqa turi egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi.

Bunday soliqlar o'z ichiga aksiz to'lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi.

Daromadlarning eng muxim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi.U ish haqiga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'lovlari va nafaqv ta'minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot va imtiyozlarlarni o'z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo'shimchalar ish kuchini yollash bilan bog'liq bo'lgan xarajataning bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to'lashga umumiy sarflarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish