Tijorat banklari o'zlarining xo'jalik mavqyeiga ko'ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqyeiga ko'ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko'rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo'lishi mumkin.
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalari omonat tarzida jalb etilgan pul mablashari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o'rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shunigdek vositachilik va valuta operatsiyalari bilan shug'ullanadi.
O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo'ladiki ular "kredit hisob-kitob va o'zga xil bank xizmatin: ko'rsatadilar". Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsad: foyda chiqarib olishni ko'zda tutadi. Tijorat banklari daromadining manbai mijozlarining bank xizmati uchun to'lovi v aktivlardan-zayom, kredit, qimmatli qog'ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |