Mavzu savollari
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
…
|
|
|
|
|
24-Mavzu:Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari.
Reja:
1.Maktabgacha ta`lim muassasalarida sport mashqlari elementlari
2.Bolalarda qo`llaniladigan sport mashqlari texnikasi
3.Sport o`yinlari elementlari texnikasi
Mamlakatimizda 2014 yil “Sog’lom bolalar yili” deb atalishi Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari hamda tarbiyachilar oldiga muhim vazifalarni yukladikim biz ushbu ma`ruzada o’zimizning bu boradagi fikrlarimizni bayon qilmoqdamiz. Badan tarbiya va sport mashqlari haqida deyarlik ko’pchilik kishilar yaxshi tushunchalarga egadir. Ularning ilmiy-nazariy va amaliy salohiyatlarini oddiy hamda ommabop ravishda izohlash asosiy maqsadimizdir. Ilmiy-nazariy va amaliy salohiyat tushunchasi asosan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, tibbiyot va pedagogika-psixologiya xodimlari uchun oddiy tushuncha hamda tadbirlardir. Chunki, bu sohalardagi iqtidorli xodimlar barcha turdagi mashqlarni ishlab chiqish, amalda qo’llashda bevosita ishtirok etishadi.
Salohiyat iborasi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, xo’jalik va boshqa ko’p sohalarda o’z istemoli va mohiyatiga ega. Salohiyat-ustivorlik, mohiyat, obro’-e’tibor kabi qamrovi keng jarayonlarni anglatadi. Shu sababdan badan tarbiya va sport mashqlarining sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi o’rni, mohiyati, zaruriyatini salohiyat, deb atash xato bo’lmasa kerak.
Badan tarbiya mashqlari (yengil atletika, gimnastika, sport o’yinlari va hokazo) asosan jismoniy tarbiya darslarida qo’llanilib, ularning ba’zi qismlari (element) ertalabki gigiyenik gimnastika, ishlab chiqarish jarayonlarida (mehnat) qo’llaniladigan tadbirlar (fizkult pauza), yakka tartibda bo’sh vaqtlarda bajaradigan amallarda takrorlash tavsiya etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalarida badan tarbiya mashqlari ko’proq o’z ifodasiga egadir.
Sport mashqlari badan tarbiya mashqlari asosida shakllanib ular texnik va hajm-miqdor jihatdan murakkablashadi. Har bir sport to’rining o’ziga xos mazmuni mashqlarning xilma-xilligi va bajarilish usullarini ta’minlaydi. E’tiborli tomoni shundaki badan tarbiya mashqlarini (yurish, yugurish, sakrash, osilish, tortilish, yuk ko’tarish, gavda a’zolarini harakatlantiruvchi turli mashqlar) deyarlik barcha sport turlarida (yengil atletika, gimnastika, futbol, kurash, boks, tennis va hokazo) bevosita qo’llaniladi. Bular tabiiy ravishda o’zaro bog’langanligi va sog’lomlashtirish, jismoniy chiniqtirish va sport mahoratini oshirish jarayonlaridagi ilmiy-nazariy hamda amaliy natijalarning salohiyotini yuzaga keltiradi. Ma’lumki inson tanasining tuzilishi (suyaklar, mushaklar, bo’g’inlar, hujayra, to’qimalar va hokazo) hamda uning harakat faoliyatlari (fiziologik, biomexanik, biokimyo va hokazo) o’ta murakkab mexanizmdir. Inson tanasining tabiiy ravishda o’sish jarayoni mehnat va badan tarbiya mashqlarining bevosita yordami bilan amalga oshadi. Ammo ularni pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda ular bilan bog’liq fanlardagi nazariyalarsiz tasavvur qilish qiyin bo’ladi. Bunday ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar buyuk olimlar Abu Ali Ibn Sino, P.F.Lesgaft va boshqa ko’pgina mutaxassislar tomonidan ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilishi bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Badan tarbiya va sport mashqlarining tarbiyaviy mohiyatlari, ularni yosh, jinsi va sport mahoratiga qarab amalda bajarishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslarini ochib berishda yurtimizning istedodli olimlari A.Q.Atoyev, Sh.H.Xonkeldiyev, T.S.Usmonxo’jayev, R.S.Salomov, K.M.Mahkamdjonov, L.R. Ayrapetyans, F.A.Kerimov, K.T.Shokirjonova, J.T.Toshpo’latov, H.A.Meliyev, F.Q.Axmedov, A.T.Sodiqov, R.Abdu-rasulov, T.X.Xoldorov kabilarning hissasi g’oyat kattadir.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, O’zbekistonda jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlari, turizm va ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaimizdagi o’rni, ayniqsa sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga, Olimpiya o’yinlariga tayyorlash bo’yicha har yili Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar o’tkazib kelinmoqda. Bu esa badan tarbiya va sportning ilmiy-nazariy va amaliy salohiyatiga munosib dalolatlardan biridir. Ikkinchidan esa, barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining maqsadli o’tkazib borilishi, sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar (trenirovka) hamda xilma-xil sport musobaqalarining tashkil qilinishi sportchilar, jamoalar (komanda), ta’lim muassasalari o’rtasidagi raqobatlarni kengaytirmoqda. Ularning natijalari esa “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uzluksiz hamda ko’p bosqichli sport o’yinlarida namoyon bo’lmoqda. Bu tadbirlar mazmun va mohiyat jihatdan badan tarbiya va sportni salohiyatini yanada yuksaltirmoqda.
Boshida zikr etilganidek jumladan Jizzax viloyatida va uning tumanlarida ham maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalari va mehnat jamoalari, turli muassasalarda badan tarbiya, sport musobaqalari yaxshi yo’lga qo’yilmoqda. Ularning asosiy maqsad va vazifalari asosan yangi insonni sog’lom, barkamol qilib tarbiyalab o’stirish, ularning kasb-hunar tanlash, mehnat qilish qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan. Bular ham badantarbiya va sportning salohiyatidan nishonadir.
Badan tarbiya va sportning ehtiyojiy salohiyatini e’tiborga olgan holda, bu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda.
O’zDJTI, QQDU, Nukus DPI, Jizzax DPI, Samarqand DU, Farg’ona DU, Buxoro DU, Termiz va boshqa shaharlardagi jismoniy tarbiya fakultetlarida davr talablariga javob beruvchi ixtisosli kadrlar tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ularda tahsil olayotgan iqtidorli bolalar, magistrlar, asperantlar jahon sport musobaqalari va ilmiy-nazariy anjumanlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ularga murabbiylik va ilmiy rahbarlik qilishda yangi texnologiyalardan unumli foydalanish amalga oshirilmoqda. R.D.Xolmuxamedov, O.Qurbonov, K.D.Yarashev, K.T.Shokirjonova (O’zDJTI), K.M.Mahkamdjonov, X.Tulenova (TDPU), P.Serimbetov, A.Niyazov, P.Shelmanov (QQDU, Nukus DPI), J.E.Eshnazarov (SamDU), J.M.Toshpo’latov, Q.Alimov (TermizDU), H.A.Botirov (BuxoroDU), A.A.Abdullayev (Farg’onaDU), H.A.Meliyev, F.Q.Axmedov (Jizzax DPI) kabilarning ijodiy-amaliy faoliyatlari va ilg’or tajribalari e’tiborga molikdir. Bu ham o’z navbatida badan tarbiya va sportning ilmiy-nazariy hamda amaliy salohiyatining mazmunidan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda bolalar badan tarbiyasida va sportining barcha sohalaridagi o’rni hamda salohiyati g’oyat kengdir. Ularni ilmiy jihatdan his etish, ko’p qirrali izlanish jarayonlarni ko’paytirishda yosh, iqtidorli mutaxassislarni ko’paytirish lozim. Eng muhimi esa, ommaviy axborot vositalari, teleradio, sport musobaqalari jarayonida badan tarbiya va sport mashqlarining sog’lomlashtiruvchi mohiyatlari hamda salohiyatlarini bolalar o’rtasida keng targ’ibot qilish zarurdir.
1.Sport gimnastikasining tayyorgarlik qism mshg`ulotlarini tashkil etish haqida tushuncha bering?
2.Sport gimnastikasining asosiy qism mashg`ulotlarini tashkil etish shakli qancha vaqt davom etadi?
3. Sport gimnastikasining yakuniy qism mashg`ulotlarini tashkil etish vaqtini davom ?
Do'stlaringiz bilan baham: |