Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilar-ning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijo- biy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngil- chanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan
botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit yaratiladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ ham- da tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratila- di, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xoti- ra, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (ku- zatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi.
Bolalarda harakat faoliyati sohasida olingan bilim va ko‘- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va top-qirlik ko‘rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbi- yalash zarur.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o‘tish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko‘nikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go‘zallikni, harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport inventarlari, tevarak- atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobi- liyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim.
Mehnat tarbiyasi ham jismoniy tarbiya jarayonida amal- ga oshiriladi. Bolalar sog‘lig‘i mustahkamlanadi, harakat ko‘ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyum- lari), jismoniy tarbiya inventarini yasash va ta’mirlash (uloq- tirish uchun qopchalar tikish, ni t honlarni bo‘yash va hoka- zo), sport kiyimlari, poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani mashg‘ulotga tayyorlash (uchastkani qordan to- zalash, to‘kilgan barglarni yig‘ib olish, maydonchaga suv qu- yish va hokazo) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy in- ventarlar, atributlar, o‘yinchoqlarni yig‘ib olish va joy-joyiga qo‘yish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.
Bundan tashqari bolalar jismoniy inventarlarni saqlashga oid mehnat ko‘nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori, skameykasi, doska, to‘p, tayoqlar, chambarak va boshqalarda- gi changni artadilar; foydalangan velosipedni changdan tozalab, o‘z o‘rniga qo‘yadilar. Bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish (kiyim- boshni, poyabzalni o‘zi kiyish va yechish), shuningdek, chiniqish va hokazo mashg‘ulotlarini o‘tkazishda tarbiyachiga yordam lashishga intilish ko‘nikmalari shakllanadi. Mashg‘ulotlar vaqtida bolalarda kattalar va tengdoshlari mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash zarur.
Bolalarda maktabgacha yoshdanoq ularning mehnatga tayyorlanishlarida jismoniy tarbiyaning rolini tushunishini shakllantirish muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jara- yoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari kom- pleks ravishda hal etish tarzida qurilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |