Chexoslovakiyada jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalar sakrash, otish, harakatli o’yinlar, to’p o’yinlariga alohida o’rgatiladi.
Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilanharakatli o’yinlar, gimnastika, yugurish, sakrash kabi ish shakllari o’tkaziladi. Shuningdek, jismoniy tarbiya dasturi suv o’yinlari va suzish mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
Yaponiyada jismoniy tarbiya uchun bolalar bog’chalari dasturiga quyidagi jismoniy faoliyat turlari kiradi: 1) yurish, yugurish, sakrash; 2) otish, itarish; 3) mo’ljalga otish, sakrash, tashlash bo’yicha musobaqalar; 4) guruh o’yinlari; 5) to’p, arqon va boshqa moslamalar bilan o’yinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |