joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy
ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning
xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki
so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va
shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir
necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning
nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq
nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va
hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda
belgilanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |