O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Iqlimi va suvlari 


Okeanning iqlim sharoitlari va iqlim elementlarining xususyatlari uning qutb 

o‘lkalarida  joylashganligi  bilan  belgilanadi.  Shimoliy  Muz  okeani  iqlimining 

shakllanishida Arktika havzasi ustida vujudga keladigan Arktika havo massasining

Shimoliy  Atlantika  va  Tinch  okeani  iliq  oqimlarining  ahamiyati  katta.  Qish 

oylarida Arktika havzasi havosi ustida hosil bo‘lgan Arktika antitsikloni uzoq vaqt 

hukmronlik  qilib,  okean  akvatoriyasining  hamma  qismiga  ta’sir  etib  qolmasdan, 

balki Shimoliy  Amerika  va Yevrosiyo materiklarining shimoliy hududlariga ham 

ta’sir  etadi.  Natijada  okean  yuzasida  va  unga  chegaradosh  bo‘lgan  materik 

sohillarida qish juda sovuq va yoz salqin bo‘ladi. Havoning o‘rtacha oylik harorati 

okeanning turli joylarida qishda -20 °S dan -40° S gacha va yozda 0 °S dan, 6 °S 

gacha o‘zgarib turadi. Eng past harorat -52 °S ni tashkil etadi. Shamolning o‘rtacha 

tezligi ancha mo‘’tadil va 4-6 m/s ga teng. Yozda tez-tez tuman tushib turadi. Kuz 

va qishda kuchli shamollar va to‘lqinlar bo‘ladi. 

Arktika  havo  massalari  Antarktika  ustida  tarkib  topadigan  havo  massalariga 

nisbatan ancha iliqroq. Bunga sabab Shimoliy Muz okeani suv massalarida issiklik 

manbalarining  mavjudligidir.  Bu  issiqlik  manbalarini  Atlantikadan  va  kamroq 

Tinch  okeanidan  keladigan  iliq  oqimlar  to‘ldirib  turadi.  Okean  osmonida  bulutli 

kunlar yozda ko‘p (90%) va qishda kam (50%) bo‘ladi. Yog‘in asosan qor shaklida 

yog‘adi. Yillik yog‘in  miqdori Arktika havzasida 150  mm ni, Sharqiy YYevropa 

havzasida 250-300 mm ni tashkil etadi. 

Shimoliy Muz okeani suvining harorati va sho‘rligi chuqurlik bo‘ylab o‘zgara 

boradi.  Suv  sathidan  25  m  chuqurlikkacha  bo‘lgan  qatlamda  suvning  sho‘rligi 

29,5-32,5 ‰ni tashkil etadi., harorati qishda 0°S dan pastda bo‘ladi, yoz oylarida 

1,5°S  dan  1,9°S  gacha  ko‘tariladi.  600  m  chuqurlikkacha  bo‘lgan  qatlamda 

suvning sho‘rligi 34,8-34,9 ‰ gacha ko‘payadi. 600-800 m chuqurlikda iliq qatlam 

mavjud  bo‘lib  suvning  harorati  0°S  dan  2°S  gacha  va  shqrligi  34,8  ‰dan 

35,00‰gacha  ko‘tariladi.  800  m  chuqurlikdan  to  okean  tagigacha  bo‘lgan 

qatlamda suvning harorati Yana pasayib -1°S dan – 1,3°S gacha tushadi, sho‘rligi 

esa 35,2‰ gacha ortadi. 

Shimoliy 

Muz 

okeanigidrologik 



rejimiga 

Atlantika 

va 

Tinch 


okeanlaridanamda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo  materiklari daryolaridan kelib 

qo‘shiladigan  suvlar  katta  ta’sir  ko‘rsatadi  va  suv  rejimining  harakterli 

xususiyatlarini  beligilaydi.  Okeanga  har  yili  Shimoliy  Atlantika  oqimi  orqali  298 

ming km3 Atlantika suvi, Bering bo‘g‘ozi orqali 30 ming km3 Tinch okeani suvi 

va  materiklardan  4,5  ming  km3  daryo  suvi  oqib  keladi.  Okean  havzasida 

to‘plangan ortiqcha suvlarning 292,3 ming km3 Sharqiy Grenlandiya oqimi bilan 

va 41,7 ming km3 Kanada-Arktika arxipelagi bo‘g‘ozlari orqali Atlantika okeaniga 

chiqib ketadi. Sharqiy Grenlandiya oqimi yordamida Arktika havzasidan yiliga 8-

10 ming km3 muzlar ham janubga suzib ketadi. Ana shunday gidrologik sharoitlar 

tufayli  Shimoliy  Muz  okeanining  suv  balansi  tenglashib  turadi.  Shuni  ta’kidlash 

o‘rinliki,  Shimoliy  Atlantika  iliq  oqimi  Shimoliy  Muz  okeani  akvatoriyasiga 

kiraverishda atmosferaga 70% dan ziyodroq issiqlik beradi vash u bilan birga havo 

qobig‘iga hamda uning dinamikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Shimoliy  Muz  okeani  gidrologik  rejimining  eng  muhim  harakterli 

xususiyatlaridan  biri  uning  akvatoriyasini  qalin  muz  bilan  qoplanganligidir.  Muz 



qoplamining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri esa uning makon va zamonda doimo 

dinamik holatda bo‘lishidir. Bu xususiyat muz qoplamining maydonini yoz faslida 

eng  minimal  darajada  7  mln  km2  gacha  qisqarishi  va  qish  faslida  eng  maksimal 

darajada  11,4  mln  km2  gacha  ko‘payishi  bilan  belgilanadi.  Muzlarning  dinamik 

holatini ikkinchi ko‘rinishi, ularning bir necha yillar davomida dreyflar qilib suzib 

yurishidir.  Okeanda  dreyf  qilib  yuruvchi  aysberglar  juda  keng  tarqalgan.  Ular 

orasida  600-700  km2  keladigan  ulkan  aysberglar  ham  uchraydi.  Aysberglar 

kemalarning qatnoviga xavf tug‘diradi.  

Shimoliy  Muz  okeanida  muzlarning  qalinligi  iqlim  sharoitiga  ko‘ra 

turlichadir.  Bir  yillik  muzlarning  qalinligi  1-2  m  gacha  va  ko‘p  yillik  muzlarning 

qalinligi  3-4  m  gacha,  ayrim  joylarda  4,5  m  gacha  boradi.  Shamollar  va  oqimlar 

muzlarni  harakatga  keltirib  qalashtiradi  va  toroslarni  hosil  qiladi.  Toroslarning 

balandligi 12-15 m gacha yetadi. Binobarin, muzlik sharoiti Shimoliy dengiz yo‘li 

va Shimoli-G‘arbiy yo‘lakda kema qatnovini ancha qiyinlashtiradi. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish