Okean tagidagi zonalar
Hind okeani Tinch va Atlantika okeanlariga nisbatan shimoldan janubga
qarab kamroq, masofaga cho‘zilgan. Shuning uchun ham bu yerda okean tagi tabiat
zonalarining soni kam. Okean tagida ekvatorial-tropik janubiy mo‘’tadil,
subantarktika va antarktika zonalari mavjud. Bu zonalarning yotqiziqlari bir-
biridan farq qiladi. Masalan, ekvatorial-tropik zonada radiolyariy va qizil loyqalari
keng tarqalgan, janubiy mo‘’tadil zonada farominifer loyqasi ko‘p uchraydi.
Subantarktikada kremniyli diatom yotqiziqlari hukumronlik qilsa, antarktika
zonasida aysberg yotqiziqlari katta maydonni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |