O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 Foydali qazilmalari 

Janubiy Amerikaning ma’danli resurslari uning barcha hududlari bo‘ylab bir 

tekisda  tekshirilgan  emas.  Tadqiq  etish  natijasida  aniqlangan  va  qazib 

chiqarilayotgan  foydali  qazilmalarning  geografik  tarqalishi  va  joylashishi 

materikning  geologik  strukturasi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Binobarin,  Janubiy 

Amerikaning  qadimiy  kristalli  qalqonlarida,  vulkanik  va  tektonik  jarayonlar 

natijasida hosil bo‘lgan magmatik intruziv va effuziv jinslarda asosan rudali, rangli 

va  nodir  metallar  keng  tarqalgan.  Platformaning  botiq  va  bukilmalarida, 

qirg‘oqbo‘yi  pasttekisliklarida  to‘plangan  cho‘kindi  jinslar  qatlamida  rudasiz 

foydali  qazilmalar-neft,  tabiiy  gaz,  toshko‘mir,  selitra  konlari  ko‘pchilikni  tashkil 

etadi.  

Braziliya  yassi  tog‘ligining  janubi-sharqiy  qismida  va  Gviana  yakki 

tog‘ligining shimolida juda katta temir va marganes ruda konlari bor. Shuningdek 

Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy chekkasida va Gviana yassi tog‘ligining 

shimoli-sharqida  hosil  bo‘lishi  qadimiy  magmatik  intruziv  jinslar  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan oltin, olmos, radioktiv elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan. 

Hozirgi  kunda  bu  yassi  tog‘liklardan  boksit  konlarining  juda  katta  zahiralari 

topilgan.  

Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog‘ tizimida 

joylashgan.  Venesuelada  oltin,  marganes,  olmos,  temir  rudasi.va  neft  konlari  bor. 

Kolumbiyaning  shimoli-g‘arbiy  qismidagi  And  tog‘larida  va  tog‘  oralig‘i 

botiqlarida mis, platina, oltin, neft va toshko‘mir konlari joylashgan. Ekvadorning 

Tinch okean sohilidan neft, tog‘laridan oltin va kumush qazib olinadi. Peru Andida 

oltin,  simob,  vanadiy,  vismut,  mis,  toshko‘mir  konlari  va  polimetallar  keng 

tarqalgan. 

Janubiy  Amerikada  foydali  qazilmalarga eng  boy  region. Chili  hisoblanadi. 

Uning  hududida  temir,  marganes  rudalari,  radioaktiv  elementlar,  simob,  oltin, 

molibden  va  boshqa  qazilma  boyliklar  ko‘plab  uchraydi.  Chilida  dunyodagi  eng 

yirik  mis  konlaridan  biri  joylashgan.  Hatto  tog‘  tizimining  nomi  ham  "anta" 

so‘zidan kelib chiqqan. Anta inklar tilida mis degan ma’noni anglatadi. Chilining 

Tinch okean soxillarida va Atakama cho‘lida dunyoda yagona bo‘lgan tabiiy selitra 

konlari  uchraydi.  Amazonka  pasttekisligi,  Braziliya  yassi  tog‘ligi  va  Patagoniya 

platformasi  hududlaridan  neft  konlari  topilgan.  Bu  foydali  qazilmalar  Jano‘biy 

Amerika davlatlarining xalq xo‘jaligini rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib 

xizmat qiladi.  


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish