atrofida doira shaklida joylashganini ko‘rasiz. Bular Grenlandiya, Norvegiya,
Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Boford va Linkoln
dengizlaridir. Ular o‘zining geografik joylashishiga ko‘ra chekka yoki ochiq
dengizlar bo‘lib, faqatgina Oq dengiz ichki dengiz hisoblanadi. Dengizlar bir-
birdan va asosiy havzadan orollar hamda arxipeloglar orqali ajralib turadi. Jadvalda
Shimoliy Muz okeani dengizlarining maydoni, maksimal va o‘rtacha chuqurliklari
berilgan. Quyida maydoni jihatdan eng katta bo‘lgan Barens dengiziga to‘xtalib
Novaya Zemlya, Medvejiy, Shpitsbergen orollari va Frans Iosif Yeri arxipelagi
oralig‘ida joylashgan. Maydoni 1405 ming km2, o‘rtacha chuqurligi 229 m, eng
9.
Oq
90
330
89
Dengizda orollar kam uchraydi. Eng yirigi antropogen davri dengiz va
morena yotqiziqlaridan tarkib toptan Kolguyev oroli bo‘lib, uning maydoni 3728
km2 ga teng. Barens havzasiga Nordkap oqimi orqali Atlantika okeanidan iliq va
materik daryolaridan chuchuk suv kelib qo‘shiladi va dengizning gidrologik
rejimiga ta’sir etadi. Materikning o‘zidan yiliga 163 km3 suv quyiladi, shundan
70% Pechora daryosiga to‘g‘ri keladi.
Barens dengizi iqlimi arktika iqlimiga mansub bo‘lib, unga bir tomondan
arktika havzasining sovuq havo massasi va ikkinchi tomondan iliq Nordkap oqimi
ta’sir etadi. Binobarin, dengizning janubiy qismi iliq oqim ta’sirida bo‘lganligi
tufayli uning akvatoriyasida muz qoplami kuzatilmaydi. Qish oylarida dengizning
janubi-g‘arbiy qismida havo harorati -4°S dan shimolida -20-25°S gacha pasayadi.
Yoz oylarida esa harorat shimolda 0°S dan janubi-g‘arbda 10°S gacha ko‘tariladi.
Huddi shunday yillik yog‘ingarchiliq miqdori ham shimolda 250 mm dan janubi-
g‘arbda 500 mm gacha ortib boradi. Nordkap oqimi yuzasida suvning harorati yil
davomida 4°S dan 12°S gacha bo‘ladi. Suvining sho‘rligi 32,0-35,0°/00. Dreyf
muzlari aprel oyida ham iliq oqim yaqinlarida suzib yuradi. Avgustda muzlar
Shpitsbergen va Frans-Iosif Yerigacha chekinadi. Dengiz sohilida muzlamaydigan
port Murmansk shahri joylashgan.
Shimoliy Muz okeani maydonining kichik bo‘lishiga qaramasdan orollar soni
jihatidan Tinch okeanidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Orollarning ko‘pchiligi
materik sayozligida joylashgan. Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari
sohillaridan Arktika havzasi tomon borgan sari orollarning soni keskin kamaya
boradi. Okeanning eng yirik orollari Grenlandiya, Elsmir, Viktoriya, Banks,
Kanada-Arktika arxipelagi, Islandiya, Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri arxipelagi,
Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novosibirsk orollari, Vaygach, Kolguyev,
Vrangel va boshqalar. Barcha orollarning umumiy maydoni 4 mln. km2.
Do'stlaringiz bilan baham: