O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

YYevropaning  sharqiy  va  janubi-sharqiy  tomonlariga  borgan  sari  yillik 

yog‘ingarchilik miqdori kamayib boradi. O‘rta Dunay tekisligida 500 mm , Qo‘yi 

Dunay tekisligida 300 mm va. Kaspiybo‘yi pasttekisligida 200 mm atrofida yog‘in 

yog‘adi.  Mumkin  bo‘lgan  bug‘lanish  miqdori  esa  800  mm  dan  900  mm  gacha 

ko‘payadi.  Shuning  uchun  bu  tekisliklarda  atmosfera  namlanish  yetarli  darajada 

yemas. 


YYevropaning  janubiy  qismida  maksimal  yog‘ingarchilik  qish  mavsumiga 

tug‘ri keladi, yoz oylari. kuruk bo‘ladi. Pireney yarim orolining shimoli-sharqida, 

Shimoliy,  va  Janubiy  Apenninda.  1500-2000  mm  yog‘in  yog‘adi,  Minor  yassi 

tog‘ligining g‘arbiy qismida 5000 mm dan oshadi. Alp tog‘larining janubi-sharqiy 

yon  bakrlari  genuya  siklonlari  .ta’sirida  bo‘lganligi  tufayli  yillik  yog‘in  miqdori 

4000  mm  dan  kam  bo‘lmaydi.  O‘rta  dengiz  orollarida  atmosfera-yog‘inlari  500-

350 mm gacha. kamayadi 

Materikning  Osiyo  qismini  iqlimi  YYevropa,  iqlimidan  nihoyatda  xilma-

xilligi  bilan  farq  qiladi.  Bunga  sabab  Osiyo  hududining  arktika  kengliklaridan 

ekvatorial  kengliklargacha  cho‘zilganligi,  maydonining  kattaligi,  tog‘  relefining 

keng  tarqalganligi  va  boshqalar.  Osiyo  iqlimning  shakillanishida  okeanlarga 

nisbatan quruqlikning tasiri juda katta. Hududining kattaligi, yaxlitligi, balandligi, 

tog‘-botiq  relfi  yoz  va  qish  mavsumlarida  kontinental  havo  massalarini 

shakllanishiga  shariot  yaratadi.  Shuning  uchun  Osiyoda  dengiz  iqlimiga  nisbatan 

kuproq kontinental iklim tiplari hukmronlik hiladi. 

Qishda  manfiy  radiatsiya  balansi  G‘arbiy  Yevroyepada  70°sh.k.  dan 

shimolroqda kuzatilsa,  Osiyoning sharqida  35° sh.k. dan shimolda kuzatiladi,  Bu 

regionda 0°S li izotermaning g‘oyat janub tomon siljishiga sabab Osiyo iqlimining 

shakllanishida  Osiyo  antitsikloni  (Mongoliya,  va  Sibir  maksimumi)  ning  ta’sir 

doirasi  kattaligidadir,  Yanvarning  o‘rtacha  harorati  Sibirda  -50°S  dan  janubda 

ekvatorial  yoni  o‘lkalarida  +25°S  gacha  o‘zgaradi.  Osyyoning  eng  sovuq  joylari 

Sibir  ulkalari,  ayniqsa  Sibirning  shimol-sharqiy  rayonlari  bo‘lib,  eng  past  harorat 

Verxoyansk  va  Oymyakonda  kuzatilgan.  Bu  rayonlarda  yanvarning  o‘rtacha 

harorati  -50°Sga  teng.  Absolyut  minimal  harorat  -71°S  Oymyakonda  kuzatilgai. 

Shuning uchun bu joy Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi deb ataladi. 

Yanvarning  o‘rtacha  harorati  janubga  borgan  sari  musbat  bo‘la  boradi  va 

O‘rta  Osiyoning  jaiubida  2°-4°S  ni,  Kavkaz  ulkasining  jaiubida  6°-7"S  pi 



ekvatorial  rayonlarda  esa  24°-25°S  ni  tashkil  etadi.  Ekvatorial  rayonlar  uchun 

umuman  +22°,.  +24°S  atrofidagi  minimal  harorat  harakterlidir.  Biroq  ahyon-

ahyonda harorat +18° S gacha ham pasayadi. 

Markaziy  Osiyo  tog‘larida  va  boshqa  togg‘li  o‘lkalarda  yilning  sovuq 

paytlarida  harorat  inversiyasi  vujudga  keladi.  Bu  dodisa  ayniqsa  tog‘oralig‘i 

botiqlarida  va  vodiylarda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  o‘larning  tagida  sovuq  havo 

to‘planib uzoqroq sakdanadi. Natijada harorat inversiyasi yuz bergan botiqlarda va 

vodiylarda  havo  harorati  yuqoriga  nisbatan  10°,  15°S  past  bo‘ladi.  Yuqoriga 

ko‘tarilgan sari harorat havo oshib boradi. Xavoning isishi bilan harorat inversiyasi 

tamomila yo‘qoladi. 

Materikning  Osiyo  qismida  YYevropa  va  nisbatan  yog‘in-sochin  ham 

bo‘ladigan regionlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yevrosiyo hududiga Shimoliy Muz 

okeanidan  sovuq  Arktika  havosi,  Atlantika  va  Tinch  okeanlaridan  mo‘tadil 

kengliklarning  dengiz  havosi  va  janubdan  tropik  havosi  kirib  keladi.  Bu  havo 

massalari  bir  butun,  yaxlit  va  katta  hajmdagi  Osiyoning  ichkari  rayonlariga 

kelishda  kuchli  transformatsiyalashib,  mo‘’tadil  kengliklarning  kontinental  havo 

massasiga  aylanadi.  Shuning  uchun  materikning  ichki  kontinental  iqlimli 

rayonlarida  yog‘ingarchilik  juda  kam  bo‘ladi.  Lekin  shunday  joylar  ham  borki, 

YYevropa  hududidagi  o‘rtacha  yog‘in  miqdoridan  bir  muncha  ko‘p  yomg‘ir 

yog‘adi. 

Osiyoning  shimolida,  G‘arbiy,  O‘rta  va  Sharqiy  Sibirda  o‘rtacha  yillik 

yog‘in miqdori 250-400 mm ni, Old, O‘rta va Markaziy Osiyo cho‘llarida 150-200 

mm  ni,  Arabiston  cho‘llarida  100  mm  ni,  Janubiy  va  Janubi-Sharqiy  Osiyoning 

shamolga ro‘para tog‘ yon bag‘rlarida 2000-4000 mm ni tashkil etadi. Ekvatorial 

mintaqada  yiliga  2000  mm  yog‘in  tushadi.  Barcha  materiklar  ichida  eng  ko‘p 

yomg‘ir yog‘adigan joy ham Yevrosiyo hududida joylashgan. Himolay tog‘larining 

janubi-sharqiy  etagida  Shillong  platosining  1300  m  balandligida  joylashgan 

Cherrapunja  meteostansiyasining  ma’lumotiga  ko‘ra  bu  yerda  yiliga  o‘rtacha 

12665  mm  yog‘in  yog‘adi.  1856  yilda  shu  joyga  22900  mm  yomg‘ir  yoqqan. 

Gavay orolidagi Ueyelyali tog‘ tepasiga tushadigan o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 

Cherrapunjaga  yog‘adigan  yog‘in  miqdoridan  ko‘p  bo‘lib,  14400  mm  ni  tashkil 

etadi. 


Umuman  Osiyo  hududi  uchun  atmosfera  yog‘inlarining  geografik 

taqsimlanishida  keskin  darajadagi  xilma-xillik  harakterli.  Materikning  eng  quruq 

joylarida  namlanish  seryomg‘ir  joylarga  nisbatan  220  marta  kam.  Namgarchilik 

ko‘p  bo‘ladigan  joylar  bilan  qurg‘oqchil  joylar  tabiatda  ko‘pincha  bir-biriga 

yonma-yon  joylashib,  ularni  orografik  to‘siqlar  ajratib  turadi.  Yog‘ingarchilik 

Yevrosiyoning  shimolida  asosan  yomg‘ir  va  qor  shaklida,  janubida  yomg‘ir 

shaklida yog‘adi. 

Yevrosiyo tog‘larida va tog‘ tizimlarida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari 

bo‘yicha  ham  o‘zgaradi.  Balandlik  iqlim  mintaqalari  Alp,  Karpat,  Kavkaz, 

Tyanshan,  Hinduqush,  Himolay,  Kunlun  kabi  tog‘  tizmalarida  ko‘zga  yaqqol 

tashlanib turadi. Bu tog‘ tizmalarida balandlikka ko‘tarilgan sari havo harorati va 

bosimi pasayib, yog‘ingarchilik miqdori orta boradi. Tibet va Pomir tog‘liklaridagi 




iqlim baland tog‘ iqlimi bo‘lib, ular yozining issiqligi, qishining qattiq sovuqligi va 

atmosfera yog‘inlarining juda kam yog‘ishi bilan harakterlanadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish