Dasht zonasi o‘rmon-dashtdan garbda joylashgan bo‘lib, unga Buyuk
tekisliklarning deyarli hamma xududi va Markaziy tekisliklarning garbiy chekka
qismi qaraydi. Zonaning radiatsiya balansi o‘rmon-dashtga o‘xshash 30-50
kkal/sm2 ni tashkil etadi, lekin yogin-sochin miqdori sharqdan-g‘arbga qarab 500
mm dan 250 mm gacha kamayadi.
Dashtlar mu’tadil va subtropik mintakalardagi qora va kashtan tuprokli, o‘t
o‘simliklar bilan qoplangan o‘rmonsiz yerlardir. Zonada g‘alla gulli o‘simliklar-
chalov betaga, bizon uti, borodach kabilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shimoliy
Amerikada dashtlar preriyalar deb ataladi- Preriyalarning katta qismi inson
tomonidan o‘zlashtirilgan, unumdor yerlar xaydalib, keng maydonda
agrolandshaftlar barpo etilgan. Uzlashtirilmay kolgan yerlar mol boqiladigan
yaylovlarga aylantirilgan. Preriyalarning uzlashtirilishi uning xayvonot olamiga
ham ta’sir etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |