O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI FANIDAN



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet430/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 

AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMALARI 

 

YER YUZASINI INSON TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILISHI VA TABIIY 

LANDSHAFTLARIING O‘ZGARISHI (SEMINAR)  

REJA: 

1.Insonlarning tabiatga dastlabki ta’siri. 

2.Tabiiy landshaftlarning o’zgarishi. 

3.Antropogen landshaft. 

Inson      bilan      tabiat  urtasidagi  uzviy  alokadorlik  eng kadimdan  boshlab, to 

xozirgi  fan-texnika,  taraqqiyoti  davrida  ham  dolzarb  muammolardan  bulib 

kelmokda.  Tabiat  barcha  jonli  mavjudodlarning  vujudga  kelishiga,  rivojlanishiga 

va  insonning  xayot  kechirishi  uchun  imkoniyat  yaratib  bergan  rang-barang 

manzarali  makondir. Inson  tabiatning  boshqa  elementlaridan  yakqol  farq  kiluvchi 

ongli bir kismi bulib, u uzining butun faoliyati davomida tabiatga ta’sir etadi, uni 

uzgartiradi  va  uz  ehtiyojini  kondirish  uchun  undan  foydalanadi.  Odam,  paydo 

bulgandan  boshlab  to  xozirgi  kunga  kadar  tabiatga  ta’sir  etib,  uni  uzluksiz 

uzgartirib  kelmokda  va  uzining  yashashi  uchun  zarur  bulgan  barcha  moddiy 

boyliklarni  tabiatdan  olmokda.  Insonning  tabiatga  kursatgan  ta’siri  vakt  utishi  va 

ishlab  chikarishning  shakllanishi  bilan  oddiylikdan  asta-sekin  murakkablashib 

borgan.  Xuddi  shunday  tabiatda  yuz  bergan  dastlabki  mikdor  uzgarishlar 

keyinchalik sifat uzgarishlarga olib kelgan. 

Insonning  tabiatga  bulgan  ta’si  paleolit  davrida  juda  ham  oddiy  bulib, 

fakatgina ov bilan shugulaanib, uzi yashab turgan xududning xayvonot dunyosiga 

ta’sir  etgan.  Mezolit  davriga  kelib  odamlar  ovchilik  va  meva  yiguvchilik.  bilai 

birga  uy  xayvonlarini  bokish,  boshpana  kurish  bilan  ham  shugullana  boshlaydi. 

Natijada bokira landshaftlarga odamning ta’siri sezilarli darajada kuchaya boradi, 

tabiiy komplekslarning ekologik muxiti buzila boshlaydi. 

Neolit  va  eneolit  davrlariga  kelib  odamlarnint  turmush  darajasi  yaxshilana 

boradi,  xujalik  xayoti  ilgari  siljiydi.  Odamlar  ovchilik,  balikchilik,  chorvachilik 

bilan  bir  katorda  dexqonchilik  bilan  ham  shugullanadi.  Sug‘oriladigan 

dexkonchilikning  vujudga  kelishi  fakatgina  tuprok,  usimlik  va  xayvonot  olamini  

uzgartiribgina   kolmasdan,    balki    urta  golotsen   landshaftlarini va ularning  eng 

avvalgi strukturasini ham uzgartirdi. Bunday uzgarishlar Urta Osiyoning bir qator 

regionlarida ham sodir buldi. 

Bronza  davriga  kelib  sugoriladngan  dexkonchilikning  rivojlanishi  va  suv 

inshootlarining  barpo  etilishi  insonning  tabiatga  bulgan  ta’sirini  yanada 

kuchaytirdi.  Bu  davrda  kuplab  voxolar,  kishlok  va  shahar  tipidagi  seliteb 

landshaftlar intensiv ravishda shakllana bordi, temir asriga kelib insonning tabiatga 

bulgan  ta’siri  yanda  keng  kuloch  yoydi,  sugoriladigan  yerlarning  maydoni 

kengaydi,  urmonlarning  maydoni  keskin  kiskardi,  tuprok,  eroziyasi  kuchaydi, 

kuchma kumlarning areallari kupaydi, usimlik va xayvonot olamidagi noyob turlar 

keskin kamaydi. 

Umuman, xozirgi vaktda sayyoramizda inson xujalik faoliyati ta’sir etmagan 

landshaftlarni  deyarli  uchratish  mumkin  emas.  Yer  kurrasining  inson  yashashi 




uchun  kulay  bulgan  katta-katta  hududlari  kishilarning  xujalik  faoliyati  tufayli 

uzining  bokiralik  kiyofasini  butunlay  uzgartirdi.  Yirik-yirik  sanoat  markazlari, 

shaharlar,  axoli  punktlari,  irrigatsion  inshootlar,  voxolar,  boglar,  xilma-xil 

plantatsiyalar  barpo  etilgan.  Natijada  landshaft  sferasining  katta  kmsmida 

antropogen landshaftlar infrastrukturasi vujudga keldi. 

Yer          yuzasi          tabiatidan  foydalanish  tarixi  kupchilik  zonalarda 

urmonlarning  kesilib  ketish  tarixi  bilan  chambarchas  boglik.  Dexqonchilikning 

rivojlanishi  bilan  aralash  va  keng  bargli  urmonlarning  maydoni  40-50%  ga,  Urta 

dengiz  soxillaridagi  subtropik  urmonlarning  maydoni  70-80%  ga,  mussonli 

urmonlarning  maydoni  85-90%  ga  kamayib  ketdi.  Paleogeograflarning 

ma’lumotiga karaganda 900 yilda G‘arbiy YYevropaning 70% maydoni urmonlar 

bilan  band bulgan  xozir  esa ularning  maydoni  25%  ni  tashkil etadi.  Buyuk  Xitoy 

va  Xind-Gang  pasttekisliklarida  atigi  5%  urmon  saklanib  qolgan.  Urmonlarni 

kesish  hisobiga  yangi  yerlarni  ochish  va  kishlok  xujaligini  rivojlantirish  xozirgi 

kunda ham tropik mamlakatlarida davom etmokda. 

Xozirgi  paytda  inson  kuruklik  yuzasining  19  mln, km2    maydonini  yoki  13% 

ini  xaydab  dexqonchlik  bilan  shugullanmokda.  Shundan  ekin  ekiladagan  maydon 

14,6  mln.  km2  ni  yoki  10%  ni  tashkyl  etadi.  Uzlashtirilgan  yorlarning  aksariyat 

kismi urmon dasht, dasht, subtropik, tropik zonalariga va togoldi rayonlariga to'g'ri 

keladi. Antropogen bedlendning maydoni 4,5 mln km2, yoki kuruklikning 3% ini 

tashkil  etadi.  Ut-butazorli  yaylovlar va tabiiy  utloklar  maydoni  28,5  mln. km2  ga 

yoki 1.9% ga teng. 

Insonning  tabiatga  ta’siri  va  buning  natijasida  tabiiy  landshaftlarning   

uzgarishi      axolining      geografik  tarkalishiga  va  zichligiga  bog‘lik.  Arktik 

saxrolarda va baland tog mintakalarida amaliy jixatdan axoli yashamaydi va uning 

tabiatga  bulgan  ta’siri  ham  nixoyatda    kam.  Tundra,  urmon-tundra  va  chul 

zonalarida  axoli  juda  siyrak  yashaydi  va  uning  tabiatga  ta’siri  ma’lum  darajada 

kuprok. Kuruklikning kolgan xududlarida dunyo axolisining 82% dengiz satxidan 

500 m balandlikgacha bulgan tekisliklarda joylashgan va urtacha zichligi 1 km2 ga 

42  kishi  to'g'ri  keladi.  Axolining  11%  500  m  dan  1000  m  gacha  bulgan 

balandliklarda  (zichligi  1km2  ga  15  kishi),  6%  1000m  dan  2000  m  gacha  bulgan 

balandliklarda (zichligi 1km2 ga 10 kishi) va 1% 2000 dan yukorida (zichligi 1 

km'' ga 4 kishi) joylashgan (Saushkin, 1970). 

Binobarin,  xozirgi  kunda  inson  xujalik  faoliyati  tufayli  materiklardagi  tabiiy 

landshaftlarning  55%  xududi  uzlashtirilgan  va  ularning  strukturasi  hamda 

komponentlararo  alokadorligi  uzlashtirilgan,  20%  xududi  tubdan  uzlashtirilgan. 

Urmonlarni  ayovsiz  kesib  tashlash  natijasida  kupchilik  zonalarda  va  tog  yon 

bagrlarida tuprok  eroziyasi kuchaydi. Fakat  sungi  yuz  yil  ichida  tuprok, eroziyasi 

evaziga  2  mlrd  ga  buzuk  yer  Xitoyning  lyossli  tekisliklariga  to'g'ri  keladi. 

Sayyoramiziing  4,5  mln.  km2  maydoni  kishilarning  xujalik  faoliyati  tufayli 

eroziyaga  uchragan,  kayta  shurlangan  va  botkoklangan,  kuchma  kumlar,  tog-kon 

sanoatidan chikkan bekorchi jinslar, antropogen karst kabilar bilan band. 

Tabiatdan foydalanish materiklar buyicha bir xil emas. Axoli zich joylashgan 

tekisliklarda, yirik togoraliga botiklarida va keng vodiylarda tabiiy landshaftlarning 

40-50%,  ayrim  regionlarda  undan  ham  kuprok  kismi  uzlashtirilgan.  YYevropada 



xaydalgan  yerlarning  maydoni  40%  dan  ortadi.  Osiyoning  Xindistondan 

Koreyagacha  bulgan  musson  iklimli  urmonlar  zonasida  va  Shimoliy 

Kozog‘istondan  Janubiy  Sibirgacha  chuzilgan  dasht  zonasida  agrolandshaftlar 

uzluksiz polosa hosil kilib tarkalgan. Buyuk Xitoy va Gang pasttekisliklarining 70-

80%  maydoni  kishlok  ujaligida  foydalaniladi.  Urta  Osiyo,  Old  Osiyo,  Markaziy 

Osiyo  va  Arabiston  chul  landshaftlari  asosan  yaylov  sifatida  foydalaniladi. 

Shimoliy  Amerikadagi  preriy  zonasining  80%,  keng  bargli  va  aralash  urmonlar 

zonasining 60% xududi dexqonchilik va kurilishlar bilan band. Janubiy Amerikada 

urmon  tabiat  komplekslari  41%  ni,  yaylovlar  18%  ni  va  xaydalgan  yerlar  9%  ni 

tashkil etadi. Kishlok xujaligida foydalanadigan yerlar musson urmonlari zonasiga 

va savannalarga tug‘ri keladi. Avstraliyaning 60% xududi yaylov landshaftlaridan 

iborat.  Savanna,  dasht  va  siyrak  urmonlarning  90%  maydoni  chorva  mollarini 

bokishda  foydalaniladi.  Bu  yaylovlar  xaydaladi,  ugitlanadi  va  yilning  kuruk 

fasllarida sugoriladi. 

 

Antropogen  landshaftlar.  Ma’lumki  geografik  kobik,  va  uning        tarkibida    



mavjud        bulgan        landshaft        sferasi        doimo  rivojlanishda.    Landshaft     

sferasining          xozirgi          kiyofasini  uzgarishini  va  shakllanishini  uchta  yirik 

jarayonlar guruxi belgilaydi: geografik zonallik jarayonlar, geologik jarayonlar va 

inson  faoliyati  tufayli  geokomplekelarni  uzgarishini  tobora  kuchayishi  jarayoni. 

Darhaqikat,  insonning  xujalik  faoliyati  tabiat  komponentlariga  juda  tez  tasir 

etadigan,  geografik  muxitning  kiyofasini  kuz  ungingizda  uzgartiradigan  kuchli 

jarayondir. Masalan, tabiat granitli koyalarni 6000 yilda 1 m tezlik bilan yemirsa, 

inson bir necha ming marta tezlik bilan portlatishlar yordamida koyalarni yemiradi, 

relefni  uzgartiradi,  tog  yon  bagrlarini  terrasalashtiradi,  kanallar  utkazadi,  suv 

omborlari  kuradi,  madaniy  ekinzorlar  barpo  etadi  va  x.k.  Bular  inson  faoliyati 

tufayli  landshaft  sferasi  tarkibida  vujudga  kelgan  antropogen  landshaftlar 

hisoblanadi. 

Inson  tomonidan  tabiat  asosida  sun’iy  ravishda  yaratilgan  antropogen 

landshaftlar  tabiiy  geografiyada  va  landshaftshunoslikda  yangi  muammodir. 

Xozirga  kadar  ularni  haritalashtirish,  tiplashtirish  va  tasniflashtirish  olimlar 

tomonidan  tulik  ishlab  chikilmagan.  Landshaft  sferasining  xozirgi  strukturasini 

tashkil etuvchi geotizimlarni antropogen landshaftlar bilan kam uzgartirilgan tabiiy 

landshaftlarning xududiy hamoxang majmuasidan tashkil toptan. 

Antropogen  landshaftlar  tabiiy  landshaftlardan  farq  kilib,  ularda  modda  va 

energiya  almashinish  mexanizmi,  namlik,  mineral  va  organik  moddalarning 

aylanma  harakati  uzgargan,  sugoriladigan  tuproklarda  agroirrigatsion  yotkiziklar 

vujudga  kelgan,  usimlik  va  xayvonlarning  tur  tarkibi,  tabiiy  jarayonlarning  fasliy 

ritmikasi, landshaft tiplarining tashki kiyofasi uzgargan. 

Binobarin,  inson  o‘zining  xujalik  faoliyati  davomida  geokomplekslarning 

ko‘pchilik  komponentlarini  uzgartiribgina  kolmasdan,  balki  yangi  antropogen 

landshaftlarni ham vujudga keltiradi. Antropogen landshafta komplekslari hamma 

geografik  zonalarda,  tog‘li  ulkalarda  uchraydi  va  ular  turli  xil  zonal  sharoitlarda 

shakllanadi.  Har  bir  zona  uzining  antropogen  landshaftlar  majmuasiga  ega. 

Masalan, arid iklimli Urta Osiyo ulkasining antropogen landshaftlari voxali shahar, 



vohali kishlok, voxali antrolandshaft, baxorikor agrolandshaft, irrigatsion landshaft 

terassalashtirilgan tog yon bagri urmonlari kabilardan tarkib topgan. 

Antropogen  geokomplekslarning  tabiiy  sharoiti  tabiiy  landshaftlardan  uziga 

xos  xususiyatlari  bilan  farq  kiladi,  ular  kaysi  zonaning  xududida  vujudga  kelgan 

bulsa,  shy  zonaning  tabiiy  sharoiti  bilan  boglik  xolda  rivojlanadi  va  tabiiy 

konuniyatlar  asosida  tarakqiy  etadi.  Ular  uzining  xujalikda  foydalanish  va  kelib 

chikish  xusuyesiyatlariga  kura  ikki  xil  toifaga  bulinadi:  madaniy  va  madaniy 

bulmagan geotizimlar. 

Madaniy landshaftlar maqsadga muvofiq uzgartirilgan geokomplekslar bulib, 

ular  tabiiy  xolda  uz-uzidan  rivojlanish  xususiyatiga  ega  emas.  Agar,  maksadga 

muvofiq  uzgartirilgan  tabiiy  jarayonlarni  inson  kullab-kuvvatlab  va  boshkarib 

turmasa, u xolda madaniy landshaftlar uz-uzidan tiklana olmaydi. Ammo, bundan 

madaniy  landshaftlarning  yashash  muddati  kiska  degan  xulosa  chikarish  kerak 

emas.  Chunki  sayyoramizda  insoniyat  mavjud  ekan,  axoli  soni  orta  borar  ekan, 

madaniy  landshaftlar  ham  uzining  mavjudligini,  boyligini,  gorizontal  va  vertikal 

rivojlanishini  davom  ettiraveradi.  Shuning  uchun  madaniy  landshaftlar  inson 

tomonidan  boshkariladigan  geotizimlar  hisoblanadi.  Urta  Osiyo  voxalari  madaniy 

landshaftlarga tipik misoldir. Madaniy bulmagan landshaftlarga kishlok xujaligida 

foydalanishdan chikib kolgan tashlandik yerlar, kayta shurlangan va botkoklangan 

maydonlar,  karerlar,  rudalari  ajratib  olingan  tog  jinslari,  irrigatsion  jarlar  va 

boshkalar kiradi. 

Shunday  kilib,    yukorida  taxlil  kilingan  fikr  va  muloxazalarga  asoslangan 

xolda  antropogen  landshaftning    moxiyatini  kuyidagicha  ta’riflash  mumkin. 

Antropogen  landashft  deb  Yer  yuzasining  tubdan  uzgartirilgan,  inson  xujalik 

faoliyati  tufayli  vujudga  kelgan  va  shakllangan,  hamda  kelib  chikishi  nuktai 

nazaridan  tabiiy  landshaftlar  kabi  mustakil  genetik  katorga  ega  bulgan  geografik 

kompleksga  aytilada.  Antropogen  dandshaftlarni  landanaftshunoslikning  muxim 

ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bulgan  tarmoklaridan  biri  -  antropogen 

landshaftshunoslik urganadi. 

 Xozirgi     barcha    landshaftlar     inson     xujalik     faoliyati ta’sirida 

uzgarish darajasiga  karab oltita guruxga bulinadi.. 

1.  Deyarli  uzgarmagan  tabiiy  landshaftlar  (muzliklar,  kutbiy  va  eng  arid 

saxrolar,  baland  tog  landshaftlari,  foydalanilmaydigan  urmonlar  va 

utloklar,  kurikxonalar, uzlashtirilmagan landshaftlar). 

2.  Kuchsiz  uzgargan  landshaftlar  (maksadga  muvofik  foydalaniladigan 

urmonlar,  tabiiy  utloklar,  yaylovlar,  suv  xavzalari,  milliy  boglar.  Bu 

landshaftlarda asosiy tabiiy alokalar buzilmagan). 

3.  Buzilgan  landshaftlar  (ikkilamchi  siyraklashgan  urmonlar,  makvis 

tipidagi  butazorlar,  musson  urmonlari  urnida  hosil  bulgan  savannalar, 

siyrak  urmonlar  va  butazorlar.  Bular  tabiiy  resurslardan  uzok  vakt 

davomida noto'g'ri foydalanish tufayli vujudga kelgan). 

4.  Kuchli buzilgan landshaftlar yokn antropogen bedlend (erozion bedlend, 

ikkilamchi  shurlangan  va  botkoklashgan  yerlar,  kuchma  kumlar,  konlardan 

chikqan  tashlandik  tog  jinslari,  antropogen  karst  va  boshkalar.  Budar  ham  tabiiy 

resurslardan notutri foydalanish natijasida vujudga kelgan). 



5.  Uzgartirilgan  yoki  madaniy  landshaftlar  (voxalar,  boglar,  kup  yillik 

ekinlar  plantatsiyalari,  antropogen  urmon  polosalari,  madaniy  utloklar, 

terrasalashtirilgan  yon  bag‘rlardagi    urmonlar  va boglar.  Bu landshaftlarda tabiiy 

alokalar u yoki bu darajada maksadga muvofik uzgartirilga). 

6. 

Sun’iy  landshaftlar  (shaharlar,  kishoklar,  sanoat-energetik  va  transport 



uzellari, tug‘onlar, suv omborlari, yer usti kommunikatsiyalari va x,k. Bular tabiat 

asosida inson tomonidan yaratilgan). 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish