O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet420/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Dengizlari va orollari 

Qutbdan turib kuzatsangiz, Shimoliy Muz okeani dengizlarini Arktika havzasi 

atrofida  doira  shaklida  joylashganini  ko‘rasiz.  Bular  Grenlandiya,  Norvegiya, 

Barens,  Oq,  Kara,  Laptevlar,  Sharqiy  Sibir,  Chukotka,  Boford  va  Linkoln 

dengizlaridir.  Ular  o‘zining  geografik  joylashishiga  ko‘ra  chekka  yoki  ochiq 

dengizlar  bo‘lib,  faqatgina  Oq  dengiz  ichki  dengiz  hisoblanadi.  Dengizlar  bir-

birdan va asosiy havzadan orollar hamda arxipeloglar orqali ajralib turadi. Jadvalda 

Shimoliy Muz okeani dengizlarining maydoni, maksimal va o‘rtacha chuqurliklari 

berilgan.  Quyida  maydoni  jihatdan  eng  katta  bo‘lgan  Barens  dengiziga  to‘xtalib 

o‘tamiz. 

Barens  dengizi  YYevropaning  shimoliy  materik  qirg‘og‘i  bilan  Vaygach, 

Novaya  Zemlya,  Medvejiy,  Shpitsbergen  orollari  va  Frans  Iosif  Yeri  arxipelagi 

oralig‘ida  joylashgan.  Maydoni  1405  ming  km2,  o‘rtacha  chuqurligi  229  m,  eng 

chuqur joyi 600 m va o‘rtacha suv hajmi 282 ming km3. Dengiz tagining 47,3% 

shelfdan va 52,7% o‘rtacha 200-60 m chuqurlikdan iborat. 



 

Jadval № 5  

Shimoliy Muz okeani dengizlari 

№ 

Dengizlar 



 

 

Maydoni, ming km2 



Chuqurligi, m 

maksimal 

o‘rt

acha 


1. 

Barens 


1405 

600 


229 

2. 


Norvegiya 

1383 


3860 

174


3. 


Grenlandiya 

1205 


4846 

144


4. 


Sharqiy Sibir 

901 


155 

58 


5. 

Kara 


883 

620 


118 

6. 


Laptevlar 

650 


3450 

519 


7. 

Chukotka 

582 

160 


88 

8. 


Bofort 

476 


4683 

100





9. 

Oq 


90 

330 


89 

 

Dengizda  orollar  kam  uchraydi.  Eng  yirigi  antropogen  davri  dengiz  va 



morena  yotqiziqlaridan tarkib toptan Kolguyev oroli bo‘lib, uning  maydoni 3728 

km2 ga teng. Barens havzasiga Nordkap oqimi orqali Atlantika okeanidan iliq va 

materik  daryolaridan  chuchuk  suv  kelib  qo‘shiladi  va  dengizning  gidrologik 

rejimiga  ta’sir  etadi.  Materikning  o‘zidan  yiliga  163  km3  suv  quyiladi,  shundan 

70% Pechora daryosiga to‘g‘ri keladi.  

Barens  dengizi  iqlimi  arktika  iqlimiga  mansub  bo‘lib,  unga  bir  tomondan 

arktika havzasining sovuq havo massasi va ikkinchi tomondan iliq Nordkap oqimi 

ta’sir  etadi.  Binobarin,  dengizning  janubiy  qismi  iliq  oqim  ta’sirida  bo‘lganligi 

tufayli uning akvatoriyasida muz qoplami kuzatilmaydi. Qish oylarida dengizning 

janubi-g‘arbiy qismida havo harorati -4°S dan shimolida -20-25°S gacha pasayadi. 

Yoz oylarida esa harorat shimolda 0°S dan janubi-g‘arbda 10°S gacha ko‘tariladi. 

Huddi shunday yillik yog‘ingarchiliq miqdori ham shimolda 250 mm dan janubi-

g‘arbda 500 mm gacha ortib boradi. Nordkap oqimi yuzasida suvning harorati yil 

davomida  4°S  dan  12°S  gacha  bo‘ladi.  Suvining  sho‘rligi  32,0-35,0°/00.  Dreyf 

muzlari  aprel  oyida  ham  iliq  oqim  yaqinlarida  suzib  yuradi.  Avgustda  muzlar 

Shpitsbergen va Frans-Iosif Yerigacha chekinadi. Dengiz sohilida muzlamaydigan 

port Murmansk shahri joylashgan. 

Shimoliy  Muz  okeani  maydonining  kichik  bo‘lishiga  qaramasdan  orollar  soni 

jihatidan  Tinch  okeanidan  keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Orollarning  ko‘pchiligi 

materik  sayozligida  joylashgan.  Shimoliy  Amerika  va  Yevrosiyo  materiklari 

sohillaridan  Arktika  havzasi  tomon  borgan  sari  orollarning  soni  keskin  kamaya 

boradi.  Okeanning  eng  yirik  orollari  Grenlandiya,  Elsmir,  Viktoriya,  Banks, 

Kanada-Arktika  arxipelagi,  Islandiya,  Shpitsbergen,  Frans  Iosif  Yeri  arxipelagi, 

Novaya  Zemlya,  Severnaya  Zemlya,  Novosibirsk  orollari,  Vaygach,  Kolguyev, 

Vrangel va boshqalar. Barcha orollarning umumiy maydoni 4 mln. km2. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish