O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Okeanning tabiat zonalari Okean yuzasidagi zonalar



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Okeanning tabiat zonalari Okean yuzasidagi zonalar 

Tinch okean  yuzasida  Dunyo  okeanining deyarli barcha  tabiat zonalari  o‘z 

ifodasini  topgan.  Bundan  faqat  qutbiy  zonalar  mustasno.  Tabiat  zonalarining  har 

biri o‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega. 

Shimoliy  qutbyoni  zonasi  Bering  va  Oxota  dengizlarining  uncha  katta 

bo‘lmagan qismlarini egallagan. Suv harorati past. Suv massalari tez-tez aralashib 

turganligi  sababli  bu  dengizlar  baliklarga  boy,  ayniqsa  mintay,  zog‘orabaliq  seld 

juda keng tarqalgan. Oxota dengizida losossimon baliqlar va qisqichbaqalar ovlash 

katta ahamiyatga ega. 

Shimoliy  mo‘’tadil  zona,  boshqa  zonalarga  nisbatan  katta  maydonni 

egallagan. Unda g‘arbiy shamollar hukumronlik qiladi, dovullar tez-tez takrorlanib 

turadi.  Zonaning  organik  dunyosi  qo‘ng‘ir  suvo‘tlaridan,  mollyuskalardan, 

chuvalchanglardan,  qisqichbaqasimonlardan,  ignatanlilardan  iborat.  Zonaning 

g‘arbiy  qismidagi  Yapon  dengizi  tirik  organizmlarga  juda  boy.  U  yerda  treska, 

okun, kambala, skumbriya, tunes va boshqa baliqlar yashaydi. 

Yekvatorial  zonada  ekvatorial  havo  hukumronlik  qiladi,  yog‘ingarchilik 

ko‘p  yog‘adi,  suvning  sho‘rligi  past  va  organik  hayot  yaxshi  rivojlangan.  Bu 

zonada  turli  xil  oqimlar  o‘zaro  ta’sir  etadi,  ularning  chegaralarida  chuqurdagi 

suvning  yuzaga  ko‘tarilishi  va  suv  almashinishi  kuchayadi,  oqibatda  suvning 

biologik mahsuldorligi oshadi. Baliqlardan akulalar, tuneslar, parusniklar ko‘plab 

ov qilinadi. Ekvatorial zonaning sharqiy qismiga nisbatan g‘arbiy qismining tabiat 

komplekslari xilma-xil va o‘ziga xos. Ayniqsa Zond orollari va Shimoliy-Sharqiy 

Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi shelflarning hamda  marjon orollari atroflarining 

tabiiy landshaftlari betakror go‘zal va organik hayotga nihoyatda boy. 

Janubiy  tropik  zonada  yil  davomida  tropik  havo  massasi,  yuqori  havo 

bosimi,  passat  shamollari  hukumronlik  qiladi.  Suvning  o‘rtacha  harorati  20°S  ga 




teng.  Yog‘ingarchilik  juda  ham  (50-100  mm)  yog‘adi.  Suv  yuzasida  boshqa 

zonalarga  nisbatan  o‘simlik  va  jonivor  plankton  yaxshi  rivojlanmagan.  Tirik 

mavjudoddarga  ancha  kambag‘al.  Shuning  uchun  ham  tropik  zonasini  ba’zan 

okean sahrosi deb atashadi. 

Janubiy  tropik  zonaning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki, 

Avstraliya  qirg‘oqlari  yaqinida  Katta  To‘siq  rifining  ajoyib  suv  osti  landshaft 

tizimi  shakllangan.  Bu  rif  organizmlarning  qoldiqlaridan  hosil  bo‘lgan  eng  yirik 

suv osti tog‘ tizmasi hisoblanadi. Uni kattaligiga va uzunligiga ko‘ra Ural tog‘iga 

o‘xshatish  mumkin.  Orollar  va  riflar  himoyasidagi  tinch  iliq  suvlarda 

marjonlarning butalar, daraxtlar, ustunlar, qo‘ng‘iroqlar, gul dastasi, qo‘ziqorinlar 

ko‘rinishidagi koloniyalari rivojlangan. Marjonlar och yashil, sariq qizil, havorang, 

och  pushti  ranglarda  tovlanadi.  Bu  yerda  qo‘ng‘ir,  yashil,  qizil  suvo‘tlar, 

qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, turli xil baliqlar yashaydi. 

Tropik  zonasining  Janubiy  Amerika  qirg‘oqlariga  yaqin  joylari  baliqlarga 

boy.  Zonaning  bu  qismidan  anchous,  stavrida,  skumbriya  va  boshqa  baliq  turlari 

ovlanadi.  Bundan  tashqari  qushlar  ham  juda  ko‘p.  Ayniqsa  baliqlar  bilan 

oziqlanadigan baklanlar, birqozonlar va pingvinglar keng tarqalgan. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish