O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Okean  tagi  yotqiziqlari.  Okean  tagi  yotqiziqlari  mayda  qattiq  ma’danli 

zarrachalarning  suv  ostiga  cho‘kishidan  hosil  bo‘lgan  turli  qalinlikdagi  g‘ovak 

qatlamdir.  Ular  kelib  chiqishiga  ko‘ra  terrigen,  biogen,  vulkanogen,  poligen  va 

xemogen yotqiziqlarga bo‘linadi. 

Terrigen  yotqiziqlar  materiklarning  suv  ostidagi  chekkalarida,  okean 

lojesining  materik  etagi  bilan  tutashgan  qismida,  chuqur  suv  osti  cho‘kmalarida 

keng  tarqalgan.  Ularning  asosiy  qismi  materiklardan  Dunyo  okeaniga  mayda 

zarrachalar  shaklida daryo  oqimi,  shamol,  qirg‘oq  muzlari,  aysberglar  va qirg‘oq 

abraziyasi yordamida kelib tushadi. Terrigen yotqiziqlarning qalinligi materik yon 

bag‘rida bir necha metrdan materik etagiga yaqin bo‘lgan zonalarda 2000-3000 m 

gacha boradi.  

Biogen yotqiziqlar ohakli va kremniyli cho‘kindilardan tashkil topgan. Ular 

Dunyo okeanining ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘’tadil kenglik 

mintaqalarida ko‘poq tarqalgan. Ohakli yotqiziqlar okean lojesida foraminifera va 

kokkolit  –foraminifera  cho‘kindilaridan,  sayoz  joylarda  chig‘anoq  va  marjon 

cho‘kindilaridan  iborat.  Kremniyli  yotqiziqlar  radiolyariya  va  diatom 

cho‘kindilaridan tashkil topgan.  

Suv  osti  vulkanizmi  rivojlangan  zonalarda  va  vulkan  massivlariga  yaqin 

bo‘lgan  joylarda  vulkanogen  yotqiziqlar  shakllangan.  Vulkanik  yotqiziqlar 

tarkibida  okean  yer  po‘stining  katta  chuqurliklariga  xos  bo‘lgan  ma’danlar  va 

vulkanik  shishalar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Vulkanogen  yotqiziqlar  orasida 

palagonik cho‘kindilar alohida o‘rin tutadi.  

Poligen  yotqiziqlar  Dunyo  okeanining  4500-5000  m  va  undan  ham  chuqur 

botiqlarida  uchraydi.  Bu  yotqiziqlar  chuqur  suv  qizil  gillaridan  tashkil  topgan. 

Qizil  gillar  tarkibida  doimiy  ravishda  kremniyli  biogen  qoldiqlar  ishtirok  etadi. 

Dengiz  suvlarida  va  okean  tagida  kimyoviy  jarayonlar  natijasida  kimyoviy 

cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Ular xemogen yotqiziqlar deb ataladi. Bulardan tashqari 

okean  tagi  yotqiziqlarining  hosil  bo‘lishida  kosmik  changlar  ham  ishtirok  etadi. 

Dunyo  okeani  tagining  150  mln.  km2  maydoni  karbonatli  yotqiziqlar,  110  mln. 



km2  maydoni  chuqur  suv  qizil  gillari  va  60  mln.  km2  maydoni  kremniyli  gillar 

bilan band. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish