O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.12.2019
Hajmi0,62 Mb.
#30685
  1   2   3
Bog'liq
tijorat banklar va ularning operatsiyalari


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

SAMARQAND 

 IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 

 

 

 



 

BANK-MOLIYA FAKULTETI 

BANK ISHI 110-GURUH TALABASI 

SAMANDAROV SARDORNING 

PUL, KREDIT VA BANKLAR FANIDAN 

 

 

TIJORAT BANKLAR VA ULARNING OPERATSIYALARI  

mavzusida tayyorlagan 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilmiy rahbar:  ass. R.I. AZIMOVA 

 

 

 

 

 

 

 

SAMARQAND- 2012 

 



 



 

 

 

Reja: 

 

Kirish 



I BOB- Tijorat banklarining faoliyati asoslari va tamoillari, ularning asosiy 

vazifalari. 

1.1.- Tijorat banklari tushunchasi va ularni ochish va tugatish 

shartlari 

1.2.  Tijorat banklari tamoyillari, asosiy vazifalari. 

II BOB- 

Bank operatsiyalari va ularning tasnifi. 

2.1. 

 Bank operatsiyalari tushunchasi, ularni o’rganishda xorij 

tajribasi. 

2.2.  

Tijorat   banklarining  passiv va aktiv operatsiyalari. 

III BOB-   Tijorat   banklarining  lizing operatsiyalari. 

3.1. 

 Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari 

3.2.  

Lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish

Xulosa va takliflar. 

Adabyotlar: 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Kirish 



 

Kurs  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Bozor  munosabatlarining  muhim 

bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan  bank  tizimini  isloh  qilish  va  erkinlashtirish  zamirida 

iqtisodiyotni  rivojlantirish,  xalqaro  bank  tizimi  talablariga  mos  keluvchi  mahalliy 

banklar  faoliyatini  tashkil  qilish  va  ular  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  shu 

kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi 

va banklar faoliyatiga ega bo‘lmasdan sog‘lom taraqqiy qilishi mumkin emas. 

Iqtisodiyotni  samarali  boshqarish  uning    muhim  sub’ekti  bo‘lgan  banklar 

faoliyatini o‘rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni 

taqazo qiladi. 

Kurs  ishi  mavzusining  maqsadi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  banklarning 

iqtisodiy  saloxiyati,  rivojlanish  darajasini  baxolash,  bank  tizimini  islox  qilishda 

amaliy va nazariy taklif va xulosalar berishdan iborat. 

Kurs  ishi  mavzusining  vazifalari.  Belgilangan  vazifalarga  erishish  uchun 

quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi. Ya’ni: 

-  xorijiy,  mahalliy  olimlar  va  mutaxassislarning  «bank»  tushunchasiga  bergan 

ilmiy ta’riflarini o‘rganish; 

-  milliy  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirish  sharoitida  respublikamizda 

banklarning tutgan o‘rnini baholash; 

- tijorat banklari tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarni umumiy o’rganish; 

Tadqiqot  ob’ekti  va  predmeti.  Tadqiqot  ob’ekti  sifatida  O‘zbekiston 

Respublikasi tijorat banklari tanlangan. Tijorat banklarining aktiv va passiv va lizing 

operatsiyalarini  o‘rganish tadqiqotning predmeti hisoblanadi. 

Tadqiqotning  nazariy  va  uslubiy  asoslari  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov  asarlari,  mahalliy  va  xorijiy  olimlar  asarlari.  Shunindek, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qarorlari hamda Oliy Majlis va Vazirlar 

Mahkamasining  ushbu  sohaga  ta’luqli  bo‘lgan  me’yoriy  hujjatlari  mazkur  tadqiqot 

ishining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi.  

Bank  maxsus  muassasa  sifatida  o‘ziga  xos  bo‘lga  funksiya  va  operatsiyalarni 

bajaradi.  U  bajaradigan  bu  funksiya  va  operatsiyalar  banklar  faoliyatining  qator 

boshqa bozor munosabat sub’ektlari faoliyatidan ajralib turshiga asos hisoblanadi.. 

Bank  bozor  munosabatlarining  boshqa  sub’ektlaridan  farqli  o‘laroq  pul  bilan 

ishlovchi,  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini  o‘zida  yig‘uvchi,  uni  pul  zarur 

bo‘lgan sub’ektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag‘larini 

samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. 

Odatda  iqtisodiyotning  holati  banklar  faoliyati  bilan  aniqlanadi.  Banklar 

iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil 

qilish  va  olib  borishda  vositachi  sifatida,  kapital  aylanishining  uzluksizligini 

ta’minlash,  bo‘sh  pul  mablag‘larini  yig‘ish  va  ularni  pul  zarur  bo‘lgan  sub’ektlar 

o‘rtasida  taqsimlash  bo‘yicha  faoliyat  olib  boradi.  Banklar  faoliyatining  boshqa 

sub’ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘larga 

tayanib  ishlaydilar.  Bu  esa  o‘z  navbatida  bank  ishining  risklilik  darajasini  oshiradi. 

Chunki  bank  bir  tomondan  unga  o‘z  jamg‘armalarini  ishonib  topshirgan  yuridik  va 

jismoniy  shaxslar  oldida  majburiyatga  ega  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  bank  o‘z 


 

aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mablag‘larni doimo iqtisod 



qilib  ish  olib  boradilar.  Banklar  faoliyatidagi  bunday  ehtiyotkorlikni  mashhur 

yozuvchi  Mark  Tven  "Bankir  shunday  odamki,  u  quyosh  chiqib  turganda  sizga 

soyabonini  berib  turadiyu,  yomg‘ir  yog‘ishi  bilan  uni  sizdan  tortib  oladi"  deb 

ta’riflagan edi. 

Jahon  amaliyotida  banklar  mijozlarga  300dan  ortiq  turli  xil  operatsiyalarni 

tavsiya qiladilar. 

O‘zbekiston  Respublikasida  ham  bank  tizimini  erkinlashtirish  va  isloh  qilish 

borayotgan  shu  bosqichda  asosiy  maqsad  banklarimiz  faoliyatini  xalqaro  bank 

amaliyoti andozalariga yaqinlashtirishdan, banklarning kapitalini ko‘paytirgan holda, 

ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo‘llash 

va  umuman  banklar  faoliyatining  samaradorligi  orqali  iqtisodiyotning  samaradorligi 

va barqarorligiga erishishdan iborat. 



Kurs ishining tuzilishi va tarkibiKurs ishining tartibi kirish, 3 ta bob, ya’ni  

I BOB- Tijorat banklarining faoliyati asoslari va tamoillari, ularning asosiy vazifalari. 

II BOB-Bank operatsiyalari va ularning tasnifi. 

III  BOB-  Tijorat    banklarining  lizing  operatsiyalari,  xulosa,  foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 



I BOB- TIJORAT BANKLARINING FAOLIYATI ASOSLARI VA 



TAMOYILLARI, ULARNING ASOSIY VAZIFALARI. 

 

1.1. Tijorat banklari tushunchasi va ularni ochish va tugatish shartlari. 

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu– tijorat muassasi bo’lib, 

jismoniy va huquqiy shaxslardan bo’sh turgan pul mablag’larni jalb qilish va uni o’z 

nomidan,  to’lovlilik,  muddatlilik,  qaytarib  berishlik  shartlari  asosida  qarz  berish  va 

boshqa operatsiyalarni bajaradi. 

Tijorat  banklari  O’zbekiston  Respublikasi  bank  tizimining  ikkinchi  pog’onasi 

bo’lib, kredit resurslarining ancha qismi ana shu banklarda yig’iladi va ular huquqiy 

va jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko’rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining 

huquqiy  asosi  bo’lib,  1996-yilda  qabul  qilingan  “Banklar  va  bank  faoliyati” 

to’g’risidagi”, Prezident farmonlari va boshqa qonunlar xisoblanadi. 

Hozirgi   kunda  O'zbekistonda  30  dan   ortiq  tijorat   banklari   faoliyat  

ko'rsatmoqda. Salmoqli   ustav  fondi,  kredit  resurslar  va  mijozlarga   ega  bo'lgan  

katta  banklar  O'zbekiston  sanoat   qurilish   banki,  Tashqi   iqtisodiy   aloqalar  milliy  

banki,  Asakabank  va   boshqalar   keng   faoliyat  olib   bormoqda.  Tijorat   banklarini   

tashkil  qilishdagi   ustav  kapitali   miqdori  1   yanvar   2011  yildan  10  mln.  evro 

ekvivalenti   miqdoridagi  mablag'ga  ega  bo'lishi  lozim.

1

 

Tijorat  banklarining  belgilariga  qarab quyidagi turlarga  bo'lish   mumkin:  



             - davlat  banki, 

- aktsioner  banklarga 

- kooperativ,   

- xususiy, 

- mintaqaviy, 

-aralash  mulkchilikka asoslangan  bankka bo'linadi. 

 Yuksak  rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning  aksariyat  qismi  mulk  

shakli bo'yicha  aktsioner   bank  hisoblanadi. 

     Ba'zi tijorat  banklari  paylar (badallar)  hisobidan tashkil  qilinishi  mumkin. 

Bu   turdagi    banklarning  qatnashchilari   ham  huquqiy   va   jismoniy  shaxslar   

bo'lishi  mumkin. 

     Hususiy  banklar  -  jismoniy   shaxsning   pul  mablag'lari   hisobidan  tashkil  

qilingan banklar   hisoblanadi. 

     Bajaradigan  operatsiyalaiga qarab  tijorat  banklar- 

-  universal 

-  mahsus  banklarga bo'linadi. 

     Joylashgan belgisiga qarab  tijorat banklar: 

xalqaro,  



respublika,  

mintaqaviy, 



viloyat  banklariga  bo'linishi  mumkin. 

                                                 

1

 2010 yil 6-aprel O’zbekiston respublikasi Prezidsntining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va 



investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora tadbirlari “ to’g’risidagi PQ-1317-sonli qarori 

 

     Tarmoqlarga   xizmat  ko'rsatishiga  qarab:  sanoat,  qurilish,  qishloq   xo'jalik, 



savdo  va boshqa   banklarga  bo'linishi  mumkin. 

     Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida  banklarning  ahamiyati  ularning  iqtisodiyotga  

ta'siri o'sib bormoqda. 

    Tijorat  banklarining  iqtisodiy  ahamiyati  uning  faoliyat   doirasining  keng  

bo'lishiga   olib  keladi.   

Tijorat  banklarining  yuridik  shaxs  sifatida  faoliyati  omonatchilar,  kreditorlar, 

umuman,  davlat  va  jamiyat  manfaatlariga  jiddiy  daxldor  bo‘lganligi  tufayli  uning 

tashkil  topishi  uzoq  davom  etadigan  jarayon  hisoblanadi.  Shu  vaqt  ichida  bo‘lg‘usi 

ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur 

bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar, zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli 

tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. 

Tijorat  banklarini  tashkil  etish  va  tugatishning  huquqiy  asoslari  "Banklar  va 

bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan

1

.  Banklar  respublika hududida o‘z 



faoliyatlarini  Markaziy  bank  tomonidan  beriladigan  litsenziya  asosida  amalga 

oshiradilar. 

Banklarga  litsenziya  berish  O‘zbekiston  Respublikasining  "Banklar  va  bank 

faoliyati  to‘g‘risida",  "O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  to‘g‘risida", 

"Aksionerlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlar  xuquqini  himoya  qilish  to‘g‘risida"gi 

qonunlar  va  boshqa  qonunlari,  hamda  bankka  me’yoriy  hujjatlarda  belgilangan 

talablar asosida amalga oshiriladi. 

Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi.

2

 

Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va 



ularga  litsenziya  berish  tartibi  hamda  shartlari  belgilab  qo‘yilgan  bo‘lib,  tijorat 

banklari  ochiq  yoki  yopiq  turdagi  aksionerlik  jamiyatlari  shaklida  tashkil  etilishi 

mumkin. 

Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin. 

1. Tayyorgarlik bosqichi. 

2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. 

Bank  ochish  haqidagi  ariza  bilan  o‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankiga 

murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog‘i kerak: 

 

yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat.  



 

muassislar  tomonidan  imzolangan  va  ularning  muhrlari  bilan 



hamda  notarial  tartibda  tasdiqlangan  ta’sis  shartnomasi.  Ta’sis  etuvchilar 

jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi.  

 

muassis  aksiyadorlar  yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlangan  va 



muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi.  

 



bank  tashkil  etish  haqidagi  qaror,  ustav  kapitalining  miqdori  va 

ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash 

haqidagi  qarorlarni  o‘z  ichiga  olgan  bank  kengashi  raisi  tomonidan 

tadiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. 

                                                 

1

 



"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun 1996.25.04 № 216,1 2-bob. 7-19-m 

2

 



11 fevral 1999 yilda qabul qilingan "Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida"gi 630 Nizom. 

 

Qayd  etib  o‘tilgan  hujjatlarning  loyihalari  Markaziy  bankning  banklarni 



litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. 

Tijorat  banki  filialini  tashkil  etish  paytida  ham  ushbu  hujjatlar  (ta’sis 

hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. 

Markaziy  bank  bank  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  uchun  dastlabki  ruxsatnoma 

berish  masalasini  hal  etish  jarayonida  tashkil  etilayotgan  bank  muassislarining 

moliyaviy  imkoniyatlari  va  nufuziga,  bank  rahbarligiga  taklif  etilayotgan 

shaxslarning  kasbiy  mahoratiga,  biznes  va  moliyaviy  reja  ko‘rsatkichlariga,  tashkil 

etilayotgan  bankning  binolar  va  uskunalar  bilan  ta’minlanlangik  darajasiga  ham 

e’tibor qaratadi. 

Muassislar  bank  tashkil  etish  uchun  dastlabki  ruxsatnomani  olganlaridan  keyin 

litsenziya  olish  hamda  bankni  davlat  ruyxatidan  o‘tkazish  uchun  zarur  bo‘lgan 

tashkiliy - texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, 

muassislar  ushbu  vaqt  ichida  barcha  tashkiliy  tayyorgarlik  ishlarini  amalga 

oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim bo‘ladi. 

Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  hamda  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirishga 

litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 

 



litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida 

vakolatlari  muassislar  tomonidan  yozma  ravishda  tasdiqlangan  vakil  shaxs 

tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;  

 



davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  va  litsenziya  olish  uchun  berilgan 

barcha talablarni bajarish;  

 

barcha  tashkiliy  -  texnikaviy  tadbirlarni  amalga  oshirishlari, 



binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga 

oshirish  maqsadida  dasturiy  -  texnikaviy  vositalarni  tayyorlashlari,  kassa 

uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari;  

 



O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 

eng  kam  miqdordan  kam  bo‘lmagan  miqdorda  ustav  kapitalini  to‘lashlari  va 

ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari;  

 

Bankni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun 



litsenziya  berish  masalasi  Markaziy  bank  talab  qilgan  barcha  hujjatlar  to‘liq  taqdim 

etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak. 

Bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  berish  yuzasidan  qaror 

qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi: 

 

bank biznes rejasining maqbulligi;  



 

bank kapitalining adekvatligi;  



 

daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;  



 

ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori;  



 

bankni  ochish  uchun  taqdim  etilgan  hujjatlarning  amaldagi 



qonunchilikka muvofiqligi;  

 



monopoliyaga qarshi choralar. 

Bank  operatsiyalarini  litsenziyalashga  bo‘lgan  zarurat  bankni  mamlakat 

iqtisodiy  to‘lov  qobiliyatiga  ta’sir  etishi  bilan  bog‘liq.  Bank  operatsiyalarini 


 

o‘tkazuvchi  amalga  oshirishi  va  ro‘yxatga  olinishi  lozim.  Tijorat  bankni  tashkil 



etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini 

o‘tkazish xuquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank 

tomonidan  belgilangan  bank  operatsiyalarini  litsenziya  olish  uchun  ro‘yxatdan 

o‘tmay  faoliyat  ko‘rsatsa  bu  operatsiyalar  qonunga  xilof  deb  topiladi  va 

javobgarlikka tortiladi. 

Tijorat  banki  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Bankida  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. 

Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular 

bank  va  uning  ustav  kapitalini  shakllantirishda  ishtirok  etadilar.  O‘zbekiston 

Respublikasi  "Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi"  qonunga  asosan  bank  ustav 

kapitalini  shakllantirishga  davlat  xokimiyat  organlari,  jamoa  birlashmalari,  jamoa 

fondlar  mablag‘lari,  shuningdek  kreditga  olingan  mablag‘lar  va  garovga  olingan 

mablag‘lar foydalanish man etiladi. 

Har  qanday  yuridik  shaxs  singari  banklar  ustaviga  ega  bo‘lishlari  va  o‘z 

ustavlari  asosida  faoliyat  ko‘rsatishlari  kerak.  Bank  ustavida  quyidagi  moddalar  o‘z 

aksini topgan bo‘lishi kerak: 

 

bankning  (to‘la  va  qisqartirilgan)  nomi  va  joylashgan  (pochta) 



manzili;  

 



bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati;  

 



ustav  kapitalining  miqdori,  muassislar  ro‘yxati  va  ularning  ustav 

kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;  

 

bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning 



vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;  

 



bank  auditi  tartibi,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  xalqaro 

standartlariga  muvofiq  belgilangan  hisobotlar  va  auditorlik  dasturlarining 

maqsadlari ko‘rsatmalari. 

Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha qadar uning 

nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. 

Bank  faoliyatini  to‘xtatish  va  banklarni  tugatish  "Banklar  va  bank  faoliyati 

to‘g‘risida"gi  qonunda  hamda  Markaziy  bankning  240  -  sonli  "Banklarni  tugatish 

tartibi to‘g‘risidagi nizom"da ko‘satib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o‘z 

faoliyatini  to‘xtatadi:  aksiyadorlar  yig‘ilishining  qaroriga  ko‘ra,  Markaziy  bank 

litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan 

bank  Markaziy  bank  tomonidan  banklarni  Davlat  ro‘yxatiga  olish  daftaridan 

chiqariladi.  Uni  faoliyati  to‘xtatilganligi  matbuotda  e’lon  qilinadi.  Faoliyatni 

to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. 

Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi. 

Litsenziyaning bekor qilinishi: 

 



tijorat  banki  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  qonun  buzilishi  holatiga 

nisbatan qo‘llaniladigan qattiq xuquqiy sanksiya;  

 

qonun  buzilish  holatiga  davlatning  o‘z  boshqaruv  muassasasi 



Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;  

 



bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi. 

 

10 


Litsenziya  bekor  qilingandan  keyin  bank  mavjud  bo‘lib  turadi,  ammo  bank 

operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. 

Litsenziyani  bekor  qilish  Markaziy  bank  boshqaruvi  tomonidan  qo‘llanadigan 

og‘ir  jazo  chorasi  hisoblanganligi  sababli,  boshqa  jazo  choralari  natija  bermagan 

quyidagi hollardagina qo‘llaniladi: 

 



bank  to‘lov  qobiliyatini  yo‘qotib,  passivlari  aktivlaridan  ortib 

ketganida;  

 

litsenziya  berilishga  asos  bo‘lgan  ma’lumotlarning  xaqiqiy 



emasligi aniqlanganda;  

 



bank  o‘z  kreditorlari  va  omonatchilari  oldidagi  majburiyatlarini 

o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;  

 

hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib kursatilganda;  



 

bank operatsiyalarini  qonunchilikka va litsenziya  shartlariga  xilof 



tarzda amalga oshirilganida;  

 



litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank 

operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;  

 

o‘zbekiston  Respublikasida  shu’ba  bank  ochgan  harijiy  bank 



litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 

Litsenziyani  bekor  qilinishi  Markaziy  bankka  tijorat  bankning  sudga  murajaat 

qilmasdan  majburiy  suratda  tugatilishi  uchun  asos  bo‘ladi.  Buni  Markaziy  bank 

tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

11 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish