Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o’rni
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi ekinlarning zararkunandalari va kasalliklari hosildorlikni kamaytirib kelmoqda.
Shuning uchun bu fanda o’simliklarni asosiy zararkunandalarini tashqi ko’rinishini, keltiradigan zararini rivojlanish xususiyatlarini va ularga qarshi ilmiy asoslangan samarali uyg’unlashgan kurash tizimini qo’llanilishini o’rganish katta ahamiyatga ega. Bu fanni o’rganish jarayonida talabalar bir necha kurash choralari tizimini dala sharoitida qo’llab, samaradorligini hisoblashni o’rganish lozim. Shuning uchun ushbu fan umumkasbiy fani hisoblanib, o’simliklarni himoya qilishning ishlab chiqarishda ajralmas bo’g’inidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |