Preparat: Macrosporium solani E. L. L zamburug’ini katta va kichik konidiyalarni mikroskopda ko’rish.
Qo’ng’ir dog’lanish kasalligini – Cladosporium fulvum zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik issiqxonalarda tarqalgan bo’lib, ochiq dalalarda esa namgarchilik yuqori bo’lgan hududlarda uchraydi. Kasallik boshlanishida bargning orqa tomonida shaklsiz och yashil dog’ paydo bo’lib, dog’ning yuzasida och qo’ng’ir g’uborlar ko’rinadi.
Keyinchalik kasallik belgisi bargining ostki qismida aniq har xil shakldagi qo’ng’ir g’ubor ko’rinishida paydo bo’ladi. G’ubor zamburug’ning konidiya bandlaridan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |