Kurash choralari. Urug’lik ekinlardan qo’zoqlarni yig’ib olgach, tezda ochiq havoda quritish, yanchib urug’larini olish va ventilyator yordamida shamollatib quritish, keyin issiq (30°S) havoda 24 soat davsmida qaytadan quritish; ekishdan oldin urug’ni 48-50°S li suvda 20 min ivitish, quritish va fungisidlar bilan dorilash; almashlab ekishni joriy etish; urug’lik ekinlarga fungisid va begona o’tlarga (ayniqsa, surepkaga) qarshi gerbisid, zararli hasharotlarga qarshi insektisid purkash; o’simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yoqib tashlash; urug’larni tor, uzun xaltachalarda, 2-8°S harorat va 65% nisbiy namlik sharoitida saqlash lozim (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Zaprometov, 1974; Pidoplichko, 1977a,b; Peresыpkin, 1982; MacNab et al.,1983; Vyangelyauskayte i dr., 1989; Sagdullayeva i dr., 1990; Sыchev, Mizunov, 1991; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |