Kurash choralari. Urug’ ekishdan oldin issiqxonalardagi tuproqni dezinfeksiya qilish yoki almashtirish lozim. Unayotgan urug’, urug’palla, nihol va ildiz chirish kasalliklariga qarshi kurashning eng samarali usuli tuproqni bug’ yoki kimyoviy preparatlar (metilbromid, dazomet) yordamida zararsizlantirishdir. Kasallik ko’chatlarda ko’ringandan keyin fungisid qo’llash befoyda, ammo u patogenlar tarqalishi va kasallik rivojlanishini kamaytirishi mumkin. Pomidor urug’lari past nisbiy namlik va past haroratda saqlanishi, sifatli va yuqori o’sish energiyasiga ega bo’lishi, ekishdan oldin 2 kun davomida 52oS va 1 kun 72oS haroratda qizdirilishi, samarali va ta’sir doirasi keng fungisid (misol uchun, Vitavaks 200FF) yoki trixodermin (7 g/kg) bilan dorilanishi, ko’chatlarning tagiga Terraxlor Super X fungisidining eritmasi quyilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |