ob’ektni ko‘rsatishdagi vaqt cheklovlari – ya’ni, ob’ektlarni ko‘rsatishda
mavsumiylikni, kunning ma’lum bir soatini, oyning ma’lum bir kunini hisobga
olishni nazarda tutadi.
Ekskursiya xizmati jarayoni ekskursantga zerikish va qiziqishni pasayishiga
olib kelmasligi uchun ko‘p sonli ob’ektlar bilan to‘ldirib qo‘yilmasligi kerak.
Ekskursiya xizmatining eng optimal davomiyligi 2-4 soat bo‘lib, bu vaqt ichida
ekskursant 10-20 ta ob’ektlarni ko‘rishi mumkin. Ekskursiya xizmatiga bitta ob’ekt
(arxitektura yodgorligi) va ob’ektlar guruhi ( tarixiy yodgorliklar, tabiiy ob’ektlar,
muzey eksponatlari) kirishi mumkin. Ob’ektlar jamlanmasi ekskursiya mavzusi va
ishtirokchilar tarkibidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro‘yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy
arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq
eksponatlar saqlanmoqda.
Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni
ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar marshrutda yodgorliklardan tashqari boshqa
inshootlar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorliklari
kiritilsa bu ekskursantlar taassurotini boyitadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida ob’ektlarni joyida
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur ma’lumotlarni kitob, albom, rasm kabi
manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya ob’ektini bevosita o‘z joyida
o‘rganishi guruhni to‘g‘ri joylashtirishga, uni samarali ko‘rsatishga yordam beradi.
Ob’ektlar tanlangandan so‘ng, har bir ob’ektga kartochka(pasport) tuziladi. Ob’ekt
92
kartochkasi ma’lumotlaridan shu va kelajakdagi mavzularni tayyorlashda ham
foydalanish mumkin.
Ob’ekt kartochkasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
1. Ob’ekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi orasida
ishlatiladigan nomi;
2. Ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;
3. Ob’ektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi (shahar,
qishloq, sanoat tashkiloti);
4. Ob’ekt
tavsifi
(borish
yo‘li, muallifi, qanday materiallardan
tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi);
5. Ob’ekt haqida ma’lumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, arxiv
ma’lumotlari, og‘zaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan asosiy ishlar va
chiqarilmagan qo‘lyozmalar);
6. Ob’ektning saqlanganlik holati(yodgorlik ahvoli va hududi, oxirgi
restavratsiya va ta’mirlash ishlari sanasi);
7. Ob’ekt qaysi tashkilot himoyasida;
8. Ob’ekt qaysi mavzudagi ekskursiyalarda foydalaniladi;
9. Kartochkani tuzish sanasi va tuzuvchining ismi, familiyasi.
Kartochkaga ob’ektning oldingi va hozirgi ko‘rinishdagi rasmi tikiladi.
Tabiiy, arxitektura, arxeologik yodgorliklar kartochkasiga boshqa ma’lumotlar ham
ilova qilinishi mumkin, masalan, me’moriy ob’ekt kartochkasiga u yerda yana
haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar va yodgorliklarning dekorativ bezaklari
(ichki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar
kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya ob’ektlariga kartochkalarning mavjudligi
yangi ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ekskursiya xizmati jarayonida ob’ektlar
mavzuni yoritadi, ekskursantlarning diqqat markazida turadi, gidning hikoyalarini
isbotlaydi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |