Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afg‘oniston
va Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha
arxitektura yodgorliklariga ega. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ko‘kgumbaz
masjidi (1463 y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX-XX asrlar), Xo‘ja
Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714 y.), Zaxkok- Moron
shaharchasi xarobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va
Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda
«O‘lkashunoslik» muzeyi bor. Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklari-
Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko‘kgumbaz
masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |